Harbiy komissarlik
Harbiy komissarlik - shoʻro lar davrida harbiy safarbarlik va umumiy harbiy xizmatga chaqirish, zaxi-radagi harbiylarni hisobga olish ishlari bilan shugʻullanuvchi mahalliy harbiy boshqarish organi. Oʻzbekiston Respublikasida Harbiy komissarlik oʻrniga Mudofaa ishlari boshqarmasi (viloyat) va boʻlimlari (shahar va tuman) tuzilib, uning asosiy vazifasi: harbiy safarbarlikka tayyorlash va oʻtkazish, aholi va xalq xoʻjaligi resurslarini hisobga olish, yoshlarni harbiy xizmatni oʻtashga tay-yorlash va boshqa mudofaa tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Unga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi va harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonlari rahbarlik qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |