Harbiy qasamyod
Harbiy qasamyod - qurolli kuchlar safiga kirayotgan har bir fuqaroning Konstitutsiya va qonun talablariga binoan Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni bajarishga beradigan tantanali vaʼdasi (qasami). Aksariyat davlatlar qurolli kuchlarida qadimdan mavjud. Xususan, Harbiy qasamyod qabul qilish oʻtmishda Mahmud Gʻaznaviy, Amir Temur armiyalarida ham boʻlgan. Harbiy qasamyod mazmuni xalqning urf-odatlari, anʼanalari bilan bogʻliq.
Harbiy qasamyod davlat nuqtai nazaridan Vatanni munosib himoya qilish boʻyicha harbiy xizmatchiga qoʻyiladigan asosiy talablarni mujassam etadigan huquqiy hujjatdir. Harbiy qasamyod qurolli kuchlarda harbiy intizomni mustahkamlash, uyush-qoqlik va harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik hissiyotlarini uygʻotishda katta rol oʻynaydi.
Huquqiy nuqtai nazardan Harbiy qasamyod harbiy xizmatchi asosiy majburiyatlarining qisqacha, loʻnda ifodasi. Bu — mustaqil Vatanimiz, uning suvere-niteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish boʻyicha haqiqiy jangovar hara-katlar jarayonida yoki tinchlik davrida turli sharoitlardagi jangovar oʻquvlarda askar ruhiyati, vatanpar-varlik hissiyoti, Vatan oldidagi burchlarining oʻziga xos jamlangan ifodasidir. Ijtimoiysiyosiy nuqtai nazardan u jangchilarni Vatanga fidokorona xizmat qilishga, harbiy burchga sadoqatli boʻlishga oʻrgatadi va oʻzida xalqimizning eng oliy fazi-latlarini, yuksak vatanparvarlik tuygʻularini, buyuk ajdodlar anʼanalari hamda vasiyatlariga sodiklikni mujassam etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy qasamyod matni respublika Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyuldagi 12-chaqiriq 10-sessiyasida qabul qilingan. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar harbiy nizomlar talablari, qurol-yarogʻlar bilan muomala qilish tartiblari, Harbiy qasamyod, harbiy qism bay-rogʻi va harbiy intizomning ahamiya-tini oʻquv dasturlari orqali oʻrgangach, tantanali vaziyatda Harbiy qasamyod qabul qiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining 1-marta harbiy xizmatga qabul qilingan yoxud harbiy xizmatni oʻtamagan va 1-marta yigʻinlarga chaqirilgan fuqarosi harbiy qismning jangovar bayrogʻi oldida harbiy qasamyodni qabul qiladi. Bunda qasamyod qabul qiluvchi safdan chiqib matnni ovoz chiqarib oʻqiydi va maxsus roʻyxatdagi familiyasi qarshisidagi bandga imzo chekadi va oʻz oʻrniga borib turadi. Qism komandiri shaxsiy tartibni Harbiy qasamyod qabul qilinishi bilan tabrik-lagach, orkestr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etadi va harbiy qism tantanali marsh bilan yurib oʻtadi.
Harbiy xizmatchilarning harbiy guvohnomasi va hisob-kitob varaqasida harbiy qism shtabining boshligʻi tomonidan Harbiy qasamyod (kun, oy, yil) qabul qilgani qayd etib qoʻyiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |