Harbiy taʼlim
Harbiy taʼlim — qurolli kuchlar va qoʻshin turlari uchun kadrlar tayyorlash. Harbiy taʼlimning paydo boʻlishi va taraqqiyoti harbiy fan va harbiy sanʼat taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliq. Mustaqil taʼlim sifatida Yevropa mamlakatlarida 17-asr oxiri — 18-asr boshida vujudga kelgan; bir qator mamla-katlarda maxsus harbiy oʻquv yurtlari tuzilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida Harbiy taʼlim qurolli Kuchlar qoʻshin turlari uchun kadrlar tayyorlash, aholiga boshlangʻich taʼlim berish tizimi. Harbiy taʼlim 3 bosqich (boshlangʻich, oliy va akademik oliy taʼlim)da amalga oshiriladi. Boshlangʻich Harbiy taʼlim umumtaʼlim maktablarida, oʻrta maxsus va oʻrta kasb-hunar taʼlimi muassasalarida, harbiy litseylarda, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining oʻquv muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy Harbiy taʼlim Mudofaa vazirligi tizimidagi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil bilim yurti, Chirchiq oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti, Jiz-zax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti hamda Toshkent axborot texnologiyalar universitetining maxsus fakultetida amalga oshirilsa, Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti hamda Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabining, Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabida, Oliy Akademik taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari Akademiyasi hamda Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar akademiyasida amalga oshi-riladi.
Oʻquv dasturini toʻliq oʻzlashtirgan va Davlat imtihonlarini muvaffa-qiyatli topshirgan kursantlarga "ley-tenant" ofitserlik unvoni hamda sohasiga muvofiq oliy maʼlumotini tasdiqlovchi davlat namunasidagi dip-lom va koʻkrak nishoni topshiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |