Harbiy transport aviatsiyasi — qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy havo kuchlarining bir turi. Havo desantlarini tashish, qoʻshinlarning havodagi manyovrini taʼminlash, tezkor qoʻshinlar harakatini taʼminlash, razvedka, retranslyatsiya, bombardimon qilish, qurol-aslahalar, yoqilgʻi, oziq-ovqat va boshqa moddiy vositalarni tashishga moʻljallangan.