Harriet Chalmers Adams

Harriet Chalmers Adams (187- yil 22-oktyabr — 1937-yil 17-iyul) amerikalik tadqiqotchi, yozuvchi va fotograf edi. U XX asr boshlarida Janubiy Amerika, Osiyo va Janubiy Tinch okeani boʻylab sayohat qilgan. Shu bilan bir qatorda National Geographic jurnalida oʻz sayohatlari haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borgan. U sayohatlari haqida tez-tez maʼruzalar oʻqigan va nutqlarini rangli slaydlar va filmlar bilan tasvirlab bergan.

Harriet Chalmers Adams
Harriet Chalmers Adams 01.jpg
Tavalludi 22-oktabr 1875-yil
Vafoti 17-iyul 1937-yil(1937-07-17)
(61 yoshda)
Fransiya
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Tadqiqotchi, yozuvchi, fotograf
Turmush oʻrtogʻi Franklin Pierce Adams
Harriet Chalmers Adams Gobi choʻlida

Hayoti va sayohatlariTahrirlash

Harriet Chalmers Adams Kaliforniyaning Stokton shahrida Alexander Chalmers va Frances Wilkens oilasida tugʻilgan. 1899-yilning 5-oktyabrida Franklin Pirs Adamsga uylangan.

1900-yilda Adams eri bilan Janubiy Amerika boʻylab oʻzining birinchi yirik ekspeditsiyasiga uch yillik sayohatga chiqdi. Bu vaqt davomida ular har bir mamlakatga tashrif buyurishdi va And togʻlarini otda bosib oʻtishdi. "Nyu-York Times" gazetasining yozishicha, u „Oqsuyakxonnimlar uchun moʻljallanmagan yigirma chegaraga yetgan“[1].

Keyingi safarida u Amerika qitʼasiga Kristofer Kolumbning ilk kashfiyotlari tomon izlanib bordi va Gaitini otda kesib oʻtdi[2].

Urush muxbiriTahrirlash

Adams Birinchi jahon urushi paytida Harper’s jurnalining Yevropadagi muxbiri boʻlib ishlagan. U xandaqlarga borish uchun ruxsat berilgan yagona jurnalist ayol edi[2].

1935-yilda u va uning eri Boliviyaning sharqiy qismidan biri boʻlgan Janubiy Amerikaga ikkinchi marta safar qilgan. U bu paytda National Geographic Jamiyati uchun yigirma bitta maqola yozgan. Gazetada uning fotosuratlari, jumladan „And togʻlaridagi baʼzi ajoyib joylar“ (1908-yil sentyabr), „Kaleydoskopik La Paz: bulutlar shahri“ (1909-yil fevral) va „Daryo bilan oʻralgan Paragvay“ (1933-yil aprel) rasmlari chop etilgan. Shuningdek, u Trinidad, Surinam, Boliviya, Peru va Buenos-Ayres va Valparaiso oʻrtasidagi trans-And temir yoʻli haqida maqolalar yozgan.

1925-yilda Adams Geograf ayollar jamiyatini tashkil etishga yordam beradi. Umuman olganda, Adams yuz ming kilometrdan koʻproq masofani bosib oʻtganligi bilan yuzlab tomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan edi. „Nyu-York Times“ gazetasi „Harriet Chalmers Adams — Amerikaning eng buyuk ayol tadqiqotchisi. Maʼruzachi sifatida hech kim, erkak yoki ayol, auditoriyani undan koʻra koʻproq magnitli ushlab turolmaydi“deb yozadi.

U 1937-yil 17-iyul kuni 61 yoshida Fransiyaning Nitssa shahrida vafot etdi. The Washington Post gazetasidagi nekroloqda uni „yirtqich bosh ovchilarning ishonchli odami“ deb atashan. Chunki u dunyoning chekka burchaklarida kezishni hech qachon toʻxtatmagan. Adams Kaliforniyaning Oklend shahridagi Chimes cherkovida dafn etilgan[3].

U sarguzashtchi sifatida ayollar haqida shunday yozgan:

Yana qarangTahrirlash

  • Duncan, Joyce. Ahead of Their Time: a Biographical Dictionary of Risk-Taking Women. (English). Portsmouth: Greenwood Publishing Group, Incorporated MyiLibrary [distributor, 2010. ISBN 9781280908699. OCLC 1065101531. 


HavolalarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. Harriet C. Adams, Explorer, Is Dead. The New York Times (18-iyul 1937-yil).
  2. 2,0 2,1 Our Amazing Planet Staff. „8 Unsung Women Explorers“. LiveScience.com (30-aprel 2012-yil). Qaraldi: 30-aprel 2012-yil.
  3. Adams at Find A Grave website
  4. "Woman Explorer's Hazardous Trip In South America", The New York Times, August 18, 2012