Hasan Ibn Sohib Ash-Shoshiy (Abu Hasan ibn Sohib ibn Hamid al-Hofiz al-Shoshiy) (? — 986) — muhaddis, hofiz. Shoshda tugʻilib oʻsgan. Ilm talabida Xuroson, Iroq, Shom, Haramayn (Makka va Madi-na), Yaman, Misrdagi allomalardan hadislar eshitgan. "Tarixi Bagʻdod" asarida H. ibn S. Xuroson shaharlari, Iroq, Hijoz, Shom haqida maʼlumotlar yozganligi qayd etilgan. 983 yil Bagʻdodga kelib Ali ibn Xash-ram, Ishoq ibn Mansur, Abu Zurʼa arRoziy, Amir ibn Abdulloh alUdiy, Muhammad ibn Avf al-Xim-siy, Abdo ibn Sulaymon al-Basriy, Iso ibn Gʻiylon, Xubayra ibn al-Hasan az-Zohid, Muhammad ibn Abdulaziz addaynuriy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Oʻz navba-tida H. ibn S.dan Abu Bakr Muham-mad ibn al-Juʼabiy, Muhammad ibn Ismoil alVarroq, Abu Bakr Qaf-fol ash-Shoshiy, Abu ali al-Hofiz, Muhammad ibn alMuzaffar va boshqa hadis rivoyat qilishgan. "Tarixi Bagʻ-dod" ("Bagʻdod tarixi"), "Tabaqot al-huffoz" ("Hofizlar tabaqalari"), "Tazkirat al-huffoz" ("Hofizlar taz-kirasi"), "al-Ansob" ("Nasabnoma"),"Siyar aʼlom an-Nubald" ("Olijanob allomalar siyratlari"), "al-Irshod" ("Toʻgʻri yoʻl") kabi arab manbalarida H. ibn S. "Hofiz" deya hurmat bilan tilga olinib, ishonchli muhaddis sifatida eʼtirof etilgan.