Hamidulla Hasanov
Hasanov Hamidulla (1919.19.01 -Toshkent – 1985.22.05) – geograf olim. „Oʻzbek Magellan“i deya eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Milliy Universiteti Geografiya kafedrasidagi Relyefli globus muallifi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), geografiya fanlari dok-tori (1968), professor (1970). Oʻrta Osiyo davlat universiteti geologiya-tuproqshunoslik-geografiya fakultetining geografiya boʻlimini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—46). „Qizil Oʻzbekiston“ gaz.da adabiy xodim (1946—47), Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tad-qiqot institutida geograf-metodist (1948—50). 1954-yildan Toshkent Davlat Universiteti geogra-fiya fakulteti dotsenti, 1968—70 yillarda fakultet dekani, 1970-yildan tabiiy geografiya kafedrasi professor, 1983 – 85 yillarda tabiiy geografiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari „Oʻrta Osiyo olimlarining geografik merosi“, Oʻrta Osiyo toponimiyasi, geografiya tarixi, trans-kripsiya, terminologiya, dunyo tabiiy geografiyasi, geografiya oʻqitish metodikasi, ilmiy asarlar tarjimasiga bagʻishlangan. Koʻpgina mamlakatlar (Afgʻoniston, Hindiston, Myanma, Yaponiya, AQSH, Yevropa mamlakatlari va boshqalar)ga sayohat qilgan. Toshkentdagi koʻcha va maktablardan biri H. nomi bilan ataladi.
Manbalar
tahrir- Mahmud Qoshgʻariy, T., 1963;
- Geografik nomlar imlosi, T., 1964;
- Geografik terminlar lugʻati, T., 1964;
- Oʻrta Osiyelik geografva sayyoxlar, T., 1964;
- Oʻrta Osiyo joy nomlari tarixidan, T., 1965;
- Zahiriddin Muhammad Bobir, T., 1966;
- Yer tili, T., 1977;
- Sayyoh olimlar, T., 1979;
- Geografik nomlar siri, T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |