Hasayni - xalq seleksiyasida chiqarilgan mahalliy xoʻraki uzum navi. Morfologik “va biologik xususiyatlariga koʻra Husainip&n ajralib turadi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari qisman kertikli, 3 — 5 boʻlmali, yirik (18x20 sm), toʻq-yashil, yaltiroq, tuksiz. Guli 2 jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, ogʻirligi 380—500 g. Mevasi yirik (oʻrtacha 5—6 g), choʻzinchoq, silindrsimon, toʻliq pishganda och sariq. Tarkibida 22—25% qand bor, nordonligi 4—3 g/l, eti zich, karsillaydi. Hosili faol harorat yigʻindisi 3410° da 143 kunda—avgust oxiri-sentabr boshlarida pishib yetiladi. Hosildorligi nisbatan past (90 — 100 s/ga). Kul kasalligiga chidami sust. Uzumi yuqori qadrlanadi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, yuqori sifatli mayiz tayyorlanadi. Fargʻona vodiysida koʻp ekiladi.