Hasharotlar
Hasharotlar (lotincha: Insécta) – boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,4
Tabiatda hasharotlar turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan. Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. Hasharotlar xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. Hasharotlarning juda koʻp turlari oʻsimliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. Oʻsimliklarni chang-latish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham hasharotlarning roli katta (qarang Entomofaglar); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa manbai. Hashoratlar xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali hasharotlardan amaliyotda foydalanish va zararkunanda hasharotlarlarga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi entomologiyasi fani oʻrganadi.
Adabiyotlar
tahrir- Vrednne i poleznne nasekomne xlopchatnika i drugix selskoxozyaystvennnx kultur Oʻzbekistana. T., 1977; Selsko-xozyaystvennaya entomologiya. M., 1983; murodov S. A., Umumiy entomologiya kursi, T., 1986.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |