Hava mahal- 1799-yilda pushti qumtoshdan Krishna toji shaklida qurilgan Jaypur Maharajasi Savay Pratap Singxninig (1778-1803-yillarda hukmronlik qilgan) saroy majmuasining besh qavatli Harami[1].

Hava Mahal Jaypur

Binoning fasadiga 953 ta kichik derazalar qo'yilgan bo'lib, ular issiq ob-havoda binoning ichki qismini ventilyatsiya qilish uchun ta'minlagan[1]. Shundan uning —"shamollar saroyi" degan nomi kelib chiqqan.

Hava Mahal - Jaypurning turistik diqqatga sazovor joyi shu bilan birga, Rajput me'morchiligining eng mashhur yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Sovet tarixchisi V. A. Rudnev ushbu me'moriy durdonasidan olgan taassurotlarini quyidagicha ta’riflagan: “U o‘zining g‘ayrioddiy dizayni va arxitekturasi bilan chindan ham ham dunyoning boshqa hech bir joyida uchratmaydigan noyob g'ayrioddiy bino edi. U ulkan organga yoki katolik cherkovining altariga yoki g'alati tekis piramidaga o'xshab ketardi. Qal'aning besh qavatli ulkan qismi derazalarning to'rli panjaralari va derazalar bilan bezatilgan edi"[1]

Adabiyot

tahrir
  • Rudnev V.A.. Hindistonning tarixiy va madaniy manzilgohlari haqida, Davlatlar va Xalqlar. L.: Fan, 1980. 
  1. 1,0 1,1 1,2 Руднев 1980.