Haven Denney (talaffuzi: Heyven Denni; 1995-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida ishtirok etgan amerikalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Brandon Fraizer bilan birga ikki karra Skate America turnirining kumush medali sovrindori (2014, 2016), 2014 CS Lombardia Trophy chempioni, 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va 2017-yili AQShning milliy chempioni boʻlgan[1].

Haven Denney
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 28-oktyabr 1995-yil (1995-10-28) (28 yosh)
Florida
Ona shahri Illinois
Oldingi sheriklari Daniel Raad, Brandon Frazier
Uchishni boshlagan 2004
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 68.65
Erkin dastur 130.75

Faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Haven Denney va Brandon Frazier birinchi marta 2002-yilda muz ustida raqsga tushishdan oldin figurali uchuvchilar sifatida juftlik hosil qilishgan[2]. Figurali uchish boʻyicha ular 2005-yildan 2008-yilgacha Jim Peterson va Lyndon Johnston murabbiyligida uch mavsum davomida birga musobaqalarda qatnashishgan. Balogʻatga yetmaganlar darajasidagi ikki mavsumda ishtirok etgandan soʻng juftlik bir darajaga koʻtarilgan va 2008-yilda AQSh chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].

2011 — 12-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri tahrir

Denni / Frazier juftligi 2011-yil bahorida yana birlashgan[4]. Ular 2011 — 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida Latviya va Avstriyada boʻlib oʻtgan bosqichlarda 8 va 7-oʻrinlarni egallashgan. Juftlik 2012-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar darajasi unvonini qoʻlga kiritgan va 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun tayinlangan hamda u yerda 4-oʻrinni egallagan. Bu juftlikka 2012-yilning kuzigacha Colorado shtatining Colorado-Springs shahrida Dalilah Sappenfild murabbiylik qilgan.

2012 — 13-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni unvoni tahrir

2012 — 2013-yilgi mavsumda Denney / Frazier juftligi Nyu-Yorkning Lake Plasid shahrida boʻlib oʻtgan 2012 — 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida 4-oʻrindan joy olgan. Ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritganlar.

2013 — 2014-yilgi mavsum: Gran-pri debyuti tahrir

Juftlik 2013 — 2014-yilgi mavsumdagi Gran-pri musobaqasining 2013 Skate Canada International va 2013 NHK Trophy bosqichlarida beshinchi oʻrinni egallagan. Ular 2014-yilgi AQSh chempionatida beshinchi, keyin esa 2014-yilgi AQSh chempionatida toʻrtinchi oʻrindan joy olishgan.

Dasturlari tahrir

(Frazier bilan)

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2019 — 2020

  • Quidam
2018 — 2019

  • Irrepressibles selection
2017 — 2018

  • Who Wants to Live Forever

    David Garrett

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Frazier bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 05 — 06 07 — 08 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20
Jahon chempionati 12 20
Yevropa chempionati 4 7 8 5
CS Golden Spin 4
CS Lombardia 1
CS Nebelhorn Trophy 6
CS Nepala Memorial 4
CS US Classic 4
Nepela Trophy 4
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 4 1
JGP Avstriya 7
JGP Latviya 8
JGP AQSh 4
Milliy
AQSh chempionati 10-V 3-I 1-J 5 5 2 1 5 2 5
Darajalar: V = Voyaga etmaganlar; I = Oʻrta; J = oʻsmirlar

Manbalar tahrir

  1. Cloutier, Claire. „Interview with Denney/Frazier“. A Divine Sport (2016-yil 21-sentyabr).
  2. Mammoser, Scott. „Cain and LeDuc capture Pair’s U.S. title“. Golden Skate (2019-yil 26-yanvar).
  3. Slater, Paula. „Denney and Frazier take national pairs title“. Golden Skate (2017-yil 21-yanvar).
  4. Cloutier, Claire. „U.S. Champions Haven Denney and Brandon Frazier: "We want to show everyone that we still have a lot to give"“. figureskatersonline.com (2017-yil 26-iyul). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan.