Havo xaltalari
Havo xaltalari - umurtqalilarda nafas yoʻllari, ogʻiz boʻshligʻi yoki halqum bilan bogʻlangan havo saqlovchi boʻshliq. Havo xaltalarida gaz almashinuvi sodir boʻlmaydi. Havo xaltalariga dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilarutnx ovoz xal-tasi, sudralib yuruvchilarning oʻpka xaltasi kiradi. Qushlar Havo xaltalarining hajmi nafas olish va nafas chiqarishda oʻzgarib turadi; oʻpka aeratsiyasi. organizm termoregulyatsiyasi, suzish yoki shoʻngʻishda tana zichligini oʻzgar-tirish vazifasini bajaradi; Havo xaltalari oʻsimtalari naysimon suyaklar boʻshli-gʻiga ham oʻtib, suyaklar pnevmatikasini taʼminlaydi. Sut emizuvchilarning Havo xaltalari boʻgʻiz xaltalaridan, Yevstaxiy nashjing boʻyin oldidagi qis-miga tushib turadigan xaltasimon oʻsimtadan (toq tuyoqlilar, lamanlar), traxeyadan (yoʻl-yoʻl tyulen erkagida) yoki qiziloʻngachdan (morjlar erkagi-da) ketuvchi xaltalardan iborat.
Oʻsimliklarda Havo xaltalari chang zarra-chalaridagi ekzin qavatlarining bir-biridan ajralishi tufayli paydo boʻladi. Havo xaltalari shamol yordamida changlanadigan koʻpchilik oʻsimliklar, ak-sariyat ignabarglilar uchun xos.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |