Gavayi
Gavayi (maʼnolari) Gavayi - Amerika Qo‘shma Shtatlaridan biri. Poytaxti - Gonolulu shahri. AQSh ittifoqiga 1959–yil 21-avgustda kirgan, undan oldin - Kingdom of Hawaii, Hawaii Territory deb atalgan.
Aholisi
Tinch okeandagi Gavayi orollarida. Mayd. 16,7 ming km2. Aholisi 2407756 mingdan ziyod kishi (2023), amerikaliklar, yevropaliklar, yaponlar, filippinliklar, xitoylar va b. Mahalliy xalq — gavayiliklar (298 ming kishi, 2023). Shahar aholisi 70%. Rasmiy til — ingliz tili. Maʼmuriy markazi — Gonolulu shahri
Tabiati haqida Gavayi orollariga qarang .
Qishloq xo‘jaligi iqgisodiyotining asosini tashkil etadi. 1 mln. ga yerga ekin ekiladi. Eng yaxshi yerlar eksport ekinlari — ananas, shakarqamish, kofe, sizal, banan bilan band. Isteʼmol uchun asosan sholi ekiladi. Gulchilik rivojlangan. Chorvachilik ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Qand-shakar va meva-konserva sanoati korxonalari bor.
Tabiati
Tinch okeandan o‘tgan havo va dengiz yo‘llarining muhim tuguni. AQSH va Kanadani Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Filippin, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan bog‘laydi. Ichki yuk tashishda dengiz va avtomobil transporta ahamiyati katta. Yirik dengiz porti — Gonolulu. Turizm rivojlangan. Gavayini 1778–yilda J. Kuk kashf qilgan. Ispaniya-Amerika urushi davri (1898)da AQSH tasarrufiga o‘tgan. 1908–yildan AQShning Tinch okeandagi harbiy dengiz bazasi, 1959–yildan AQShning 50-shtati hisoblanadi.
Manbalar
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
![]() |