Haydarobod sultonligi
Haydarobod sultonligi - Hindistondagi sultonlik (1724—1950). Unga telugu, maratha, kannara va boshqa xalqlar yashaydigan hududlar kirgan. Boburiylar davlati tanazzulga uchrab, mayda sultonlik, knyazlik va boshqalarga boʻlinib ketgach, vujudga kelgan. 1724-yil Boburiylarning Bijopur va Gol-kondadagi nizomulmulk unvoniga ega boʻlgan noibi Asaf Jah oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon etgan va Haydarobod sultonligiga asos solgan. Sultonlikning keyingi hukmdorlari ham nizomulmulk deb atatgan. Angliyaning Ost-Indiya kom-paniyasi 1798-yil Haydarobod sultonligini teng huquqli boʻlmagan shartnoma tuzishga majbur etgan. Natijada sultonlik oʻzini himoya qilish, mustaqil diplomatik aloqalar olib borish huquqidan mahrum boʻlgan. Sultonlikka ingliz rezidenti tayinlangan. 1947-yil Hindistonda mus-taqillik eʼlon qilingach, nizomul-mulk Haydarobod sultonligining Hindiston ittifoqiga qoʻshilishiga qarshilik koʻrsatgan, ammo sultonlik aholisining tazyiqi ostida (Telingana qoʻzgʻoloni) itti-foqqa qoʻshilish toʻgʻrisidagi shartno-maga imzo chekkan. 1950-yilda Haydarobod sultonligi shtatga aylantirilgan. Nizomulmulk hokimiyati cheklangan; ammo u rajpramukh (ij-roiya hokimiyat boshligʻi) sifatida shtatni boshqargan. 1956-yilgi maʼmuriy islohotdan soʻng Haydarobod shtati tugatilib, uning hududi Andhra-Pra-desh, Maysur va Bombey (1960-yildan Gujarot va Maharashtra shtatlariga boʻlingan) shtatlariga qoʻshilgan. Ni-zomulmulk qoʻlida faqat unga tegishli koʻchmas mol-mulk, xazina qolgan; unga nafaqa tayinlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |