Hayitboy Ergashev (1946.18.4, Asaka tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2000). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1968). 1968-yildan Xoʻjaobod tumanidagi 6, Asaka tumanidagi 44-maktabda tarixgeogr. oʻqituvchisi, tuman xalq taʼlimi boʻlimida metodist va metodika kabineti mudiri, 2001—02 yillarda 44-maktabda direktor.