Hayitlik
Hayitlik (arabcha: عيدية) — Oʻrta Sharqda yashovchi arab va musulmon anʼanasi sifatida musulmonlarning asosiy ikki bayrami Roʻza hayiti va Qurbon hayitlarini nishonlash chogʻida kishilarning oila aʼzolari, yaqin qarindoshlari yoki qoʻni-qoʻshnilariga atab beradigan sovgʻa. Hayitlik sifatida, asosan, pul beriladi, bundan tashqari turli xildagi boshqa sovgʻa-salomlar ham ulashish mumkin[1][2][3].
Hayit chogʻida kichkina bolalar oilaning eng keksa aʼzolari oldida yoshiga qarab navbatga turishadi va ulardan oʻz sovgʻalarini yaʼni hayitliklarini olishadi.
Odatda, musulmonlar hayitlik sifatida quyidagilarni sovgʻalarni tuhfa qilishadi:
- Oilaning katta yoshli aʼzolari tomonidan bolalarga pul;
- Turmush oʻrtoqlariga koʻpincha zargarlik buyumlari, kiyim-kechak, soat, parfyumeriya yoki pardoz buyumlari;
- Ota-onalar farzandlariga kiyim-kechak, poyabzal, oʻyinchoqlar, kitoblar yoki elektron jihozlar;
- Ota-onalar va qaynona-qaynotalar katta yoshli bolalarga kiyim-kechaklar yoki kosmetika vositalarini berishlari mumkin.
Musulmon anʼanalariga koʻra, 17 yoshga toʻlgan kishilar kichiklarga hayitlik berishi kerak.
Manbalar
tahrir- ↑ Iqbal. „Demand for new notes for Eidi rises“. Dawn (2015-yil 16-iyul).
- ↑ „Manners: Eidi etiquettes“. Dawn (2009-yil 19-sentyabr).
- ↑ Sharda. „Eidi: A tradition wrapped in emotions & nostalgia“. The Times of India (2013-yil 9-avgust).