Bogʻbekov Hayitmat (1953.27.6, Xiva tumani) — yogoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi (2001). Xiva hunar-texnika bilim yurtini yogʻoch oʻymakorligi boʻyicha tugatgan (1977). 1977-yildan Hayitmat Bogbekovning Toshkent shahri "Xotira va qadrlash maydoni"dagi ustunga ishlagan oʻymakorlik ishi.

"Us to" uyushmasida usta. B. Xiva va xorazm yogʻoch oʻymakorligi sanʼatini tiklash va taraqqiy ettirishga katta hissa qoʻshdi. 1969-yildan otasi usta Safo Bogʻbekov bilan birgalikda ishladi: K°ra dengiz flotining "Oʻzbekiston" kemasi uchun naqshinkor eshik, darvoza, ustunlar va boshqa tayyorladi. B. meʼmoriy yodgorliklarning yogʻoch oʻymakorligi bilan taʼmirlashda, zamonaviy binolarni sharqona bezashda samarali ijod qilmoqda; Turkmanistondagi jamoa xoʻjaliklaridagi madaniyat saroylari (1979), Yurmada shahridagi "Oʻzbekiston" restorani (1983), Xorazm yogʻoch oʻymakorligi namunasi (1983, Moskvadagi Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining sovrini bilan mukofotlangan), Toshkent shahridagi faxriylar choyxonasi (1991), Qoraqalpogʻistondagi Berdaq kinoteatri (1993) va boshqalardagi yogʻoch oʻymakorligi ishlarini yuk-sak did bilan bajardi. Toshkent shahridagi Xotira va qadrlash maydoni milliy ayvonining 12 ustuni hamda shifti uchun 1000 dona vassani islimiy va girix. naqshlar bilan bezab, tabaqa pardoz va doʻla pardoz usulida ziynatlashga rahbarlik qildi; Urganchdagi Xotira maydoni ayvonlarini farzandlari va shogirdlari bilan tiklashda B.ning isteʼdodi yorqin namoyon boʻldi. B. koʻplab shogirdlar tayyorladi.