Hayotiy shakl, oʻsimliklarda biomorfa — oʻsimliklarning muhit sharoitlariga moslanishini aks ettiruvchi tashqi qiyofasi (gabitus). "Hayotiy shakl" atamasini fanga Daniya bota-nigi E.Varming kiritgan (1884). Hayotiy shakl oʻsimlik vegetativ tanasining oʻsimlik urugʻdan unib chiqqanidan to hazon boʻlgunicha oʻtgan yashash davrida tashqi muhitga moslanishi, oʻsimliklarning ekologik tasnif birligi, yaʼni moslanuvchanlik strukturasi bir-biriga oʻxshash oʻsimliklar guruhi. Bu oʻxshashlik qarindoshlikka bogʻ-liq boʻlmay, koʻpincha konvergent boʻlishi mumkin (mas, poyali sukku-lentlar Hayotiy shaklini hosil qiluvchi kak-tuslar va baʼzi bir sutlamadoshlar). Hayotiy shakl, asosan, oʻsimliklarning yer osti va yer ustki vegetativ organlari strukturasiga bogʻliq, ularning rivojlanish ritmiga va uzoq yashashiga qarab oʻzgaradi. Hayotiy shakl evolyutsiya jarayo-nida turli iqlim, tuproq va biotsenotik sharoitlarda tabiiy tanlanish natijasida vujudga keladi.

Har bir oʻsimlik (daraxt, buta, liana va boshqalar)ning konkret Hayotiy shakli ular ontogenezida oʻzgaradi. Ayni byr tur har xil sharoitda turli Hayotiy shaklda boʻlishi mumkin. Mas, oʻrmon zonasi va togʻ-oʻrmon mintaqasida baland oʻsadigan eman, qoraqayin, qoraqaragʻay, tilogʻoch va boshqa shimoliy va balandlik zonalarida buta shaklida yoki yer bagʻir-lab oʻsadi.

Oʻsimliklar joy landshaftini belgilovchi tashqi qiyofasiga tegishli asosiy shakllarining birinchi fizionomik tasnifini nemis tabiat-shunosi A.Gumboldt sharhlab bergan (1806). U oʻsimliklarning 19 xil Hayotiy shaklini ajratgan. Keyinchalik oʻsimliklarning oʻziga xos moslashuv alomatlariga qarab tasniflavishi paydo boʻldi. Daniyalik botanik K.Raunkiyer oʻsimliklarning qishlashga moslanishi haqidagi koʻpchilikka man-zur boʻlgan tasnifida Hayotiy shaklni 5 tip-ga: fanerofitlar, xamefitlar, ge-mikriptofitlar, kriptofitlar, terofitlarga boʻlgan.

Bir qator nazariy va amaliy masalalarni hal qilishda Hayotiy shaklni oʻrganishning ahamiyati muhim. Mas, raunkiyer iqlim tavsifi uchun u yoki bu hudud florasining Hayotiy shakl protsent tarkibidan foydalangan.

Hayvonlarda Hayotiy shakl — muayyanbir xil hayot muhitida yashaydigan, oʻzaro qarindoshligidan qatʼi nazar oʻxshash moslanish belgilariga ega boʻlgan hayvonlar guruhi. Bitta Hayotiy shaklga har xil, hatto turli xil sistematik guruhlarga mansub turlar (mas, yerqazar va koʻreichqon) kirishi mumkin. Metamorfoz orqali rivojlanadigan turlar ontogenezda Hayotiy shaklini ham oʻzgartiradi (mas, hasharotlar qurti, gʻumba-gi, voyaga yetgan davri). Bitta turning morfologik jihatdan keskin farq qiladigan har xil individlar (mas, termitlar va chumolilarning urgʻochilari, ishchilari, navkarlari), shuningdek, kenja turlar va irqlar (mas, daryo va koʻl moy baligʻi)ni mustaqil Hayotiy shakl deyish mumkin.

Hayvonlar guruhini ekologik tasnif qilishda har xil kriteriylar (mas, harakatlanish, oziq topish usullari, oziqning xususiyati, faollik darajasi, muayyan landshaftga bogʻliqligi, ontogenez davrlaridagi farq va boshqalar)dan foydalaniladi. Mas, dengiz hayvonlarini oziq topish usuli va ozigʻi xiliga binoan oʻsimlikxoʻrlar, yirtqichlar, oʻlaksaxoʻrlar, detritxoʻrlar (filtrlovchilar va balchiqxoʻrlar)ga; harakatlanish xususiyatiga binoan suzuvchilar, oʻrmalovchilar, oʻtroq yashovchilar Hayotiy shaklga ajratish mumkin. Morfoekologik belgilar kompleksiga koʻra Hayotiy shaklning iyerarxik sistemasi tuziladi. Mas, oziqlanish usuliga binoan vizil-doq qoʻngʻizlar har xil yaruslar boʻyicha taqsimlanadigan Hayotiy shakl — zoofaglar va miksofitofaglar trofik guruhlariga ajratiladi.

Hayotiy shaklni oʻrganish orqali yashash muhitining oʻziga xos xususiyatlari va organizmlar moslanishining oʻzgarishi toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin. Zoologiyaga "Hayotiy shakl" atamasi botanikadan kirib kelgan boʻlib, faqat 20-asrdan qoʻllanila boshlandi.