Xayriya jamgʻarmasi

xayriya maqsadidagi notijorat tashkilot
(Hayriya jamg'armasidan yoʻnaltirildi)

Xayriya jamgʻarmasi yoki xayriya tashkilotining asosiy maqsadlari xayriya va ijtimoiy farovonlik masalan, jamoat manfaatlariga yoki umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi taʼlim, diniy yoki boshqa faoliyatni qoʻllab quvvatlovchi tashkilot[1] . Xayriya tashkilotining va xayriyaning huquqiy taʼrifi turli mamlakatlarda va ayrim mintaqalarida farq qiladi. Tartibga solish, soliqqa tortish tartibi va xayriya qonunining xayriya tashkilotlariga taʼsir qilish usuli ham farq qiladi. Xayriya tashkilotlari oʻz mablagʻlaridan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarga foyda keltirish uchun foydalanishlari mumkin emas[2]. Biroq, baʼzi xayriya tashkilotlari rahbariyatining maoshlarini toʻlash uchun oʻz daromadlarini nomutanosib tarzda sarflaganliklari uchun nazorat ostiga olingan.

Washingtondagi Amerika saraton kasalliklar binosi
Nodavlat- notijorat jamg'armasi[3](Finlandiya)

Moliyaviy koʻrsatkichlar masalan, soliqni qaytarish, mablagʻ toʻplashdan tushgan daromad, tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan daromad yoki investitsiyadan tushgan daromad xayriya tashkilotining moliyaviy barqarorligini baholash uchun asos boʻlin hizmat qiladi. Ushbu maʼlumot xayriya tashkilotining donorlar va jamiyatlar oldidagi obroʻsiga va shu tariqa xayriya moliyaviy daromadlariga taʼsir qilishi mumkin. Xayriya tashkilotlari koʻpincha qisman korxonalarning xayriyalariga bogʻliq. Xayriya tashkilotlariga bunday xayriyalar korporativ xayriyaning asosiy shaklidir[4].

Tarixi

tahrir

XVIII asr oʻrtalarigacha xayriya asosan diniy tuzilmalar jumladan, 1601-yilgi ingliz kambagʻallar qonunlari, ehson uylari va boylarning vasiyatlari orqali tarqatilgan. Xristianlik, Jiudaizm va Islom dinlarida oʻzi boshidanoq ehson turlari mavjud boʻlgan[5]. Xayriya tashkilotlari taʼlim, sogʻliqni saqlash, uy-joy va hatto qamoqxonalar bilan taʼminladilar. Ilk oʻrta asrlarda butun Yevropada kambagʻallar, keksalar va mushkullar uchun yashash joyini taʼminlash uchun xayriya uylari tashkil etilgan; Angliya qiroli Athelstan (hukmronlik qilgan 924–939) X asrda Yorkda birinchi qayd qilingan xayriya xonalariga asos solgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. Reiling, Herman T. (1958). "Federal Taxation: What Is a Charitable Organization?". American Bar Association Journal 44 (6): 525–598. 
  2. „Exemption Requirements – 501(c)(3) Organizations“ (en). Internal Revenue Service (2018-yil 28-noyabr).
  3. „UFF – Official Site“. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  4. Tilcsik, A.; Marquis, C. (2013). "Punctuated Generosity: How Mega-events and Natural Disasters Affect Corporate Philanthropy in U.S. Communities". Administrative Science Quarterly 58 (1): 111–148. doi:10.1177/0001839213475800. https://archive.org/details/sim_administrative-science-quarterly_2013-03_58_1/page/111. 
  5. Note, for example, Acts 2:44–45: „And all that believed were together, and had all things in common; And sold their possessions and goods, and parted them to all men, as every man had need.“ Zakāt (charity) ranks as one of the Five Pillars of Islam.
  6. „The Almshouse Association: A Historical Summary“. 2013-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-oktyabr.

Havolalar

tahrir