Hayvonlar solishtirma anatomiyasi
Hayvonlar solishtirma anatomiyasi, solishtirma mor-fologiya — morfologiyaning organ va ular sistemasining tuzilish qonuniyatlarini turli xil sistematik gu-ruhga mansub hayvonlarni solishtirish orqali oʻrganadigan bir boʻlimi. Organlar tuzilishini ular funksi-yasi bilan birga solishtirib oʻrganish organizmlarning yashash muhitiga moslanishini, shuningdek, har xil gu-ruxlarning kelib chiqishi va evolyutsiya yoʻlini tushunib olishga yordam beradi.
Hayvonlar solishtirma anatomiyasiga Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) asos solgan. Lekin oʻrganishning solishtirma anatomik metodi faqat 18-asrda keng qoʻllanila boshlandi. 19-asrda J.Kyuvye bir qancha hayvonlarning tuzilishini batafsil oʻrganadi hamda hozirgi va qazilma hayvonlarning tuzilishi toʻgrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi; u oʻzi ishlab chiqqan organlar korrelyatsiyasiga asoslanib, hayvonlarning alohidalashgan 4 "shoxi" (tipi) toʻgʻrisida taʼlimot yaratdi. E. Joffrua Sent-Iler esa barcha hayvonlarning yagona tartibda tuzilganligi, ularga tashqi muhit sharoitining taʼsiri toʻgʻrisidagi tushunchani rivojlantirib, organlar gomologiyasi toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soldi. K.M.Ber murtak oʻxshashligi qonunini yaratdi, R.Ouen arxetip metafizik konsepsiyani ishlab chiqdi. Hayvonlar solishtirma anatomiyasia. sohasida toʻplangan katta materiallar Ch. Darvin yaratgan evolyutsion taʼlimot orqali oʻz tasdigʻini topdi; bu fan embriologiya va paleontologiya bilan bir qatorda evolyupion taʼlimotning asosiy tayanchiga aylandi. Nemis olimlari K.Gegenbaur analogiya va gomologiya tushunchalariga evolyupion tamoyillarni kiritdi, F. Myuller (1864) va E.Gekkel (1866) rekapitulyatsiya va asosiy biogenetik qonunni asoslab berdi. Rus olimlari A.O.Kovalevskiy, I.I.Mechnikov, A.N.Seversov, I.I.Shmalgauzen, V.A.Dogel, V.N.Beklemishev va boshqalarning ishlari tufayli evolyutsiyaning morfologik qonuniyatlari ishlab chiqildi. A.N. Seversov va boshqa organlar va ular funksiyasining evolyutsion oʻzgarish usullarini tahlil qilib, progressiv evo-lyutsiya yoʻnalishlari konsepsiyalarini asoslab berdi. I.I.Shmalgauzen evolyutsiyaning morfobiologik nazariyasini rivojlantirdi. V.A.Dogel gomologik organlar polimerizatsiyasi va oligomerizatsiyasi prinsiplarini yaratdi. V.N.Beklemishev umurtqasiz hayvonlar solishtirma anatomiyasini ishlab chiqdi.
Hayvonlar solishtirma anatomiyasia.ning hozirgi vazifasi — hayvonot dunyosi tabiiy sistemasini tuzish hamda anatomiya, embriologiya va paleontologiya dalillari asosida evolyutsiyaning morfologik qonuniyatlarini aniqlab berishdan iborat. Hayvonlar tuzilishini, ularning yashash muhiti hamda bajaradigan vazifasini oʻrganish bilan hayvonlar ekologik mor-fologiyasi va hayvonlarning funksi-onal morfologiyasi shugʻullanadi (yana qarang Progress, Regress, Idioadaptatsiya).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |