Hazel Keech (1987-yil 28-fevralda tugʻilgan), shuningdek, Rose Dawn ismi bilan tanilgan ingliz kino aktrisasi va modeli boʻlib, Hindiston teledasturlari va filmlarida paydo boʻlgan. U Billa va Bodyguard filmlarida, shuningdek, Suzuki reklamasida suratga tushgan.[1] U 2013-yilda Bigg Boss 7 realiti koʻrsatuvida qatnashgan.

Hazel Keech
Tavalludi 28-fevral 1987-yil (1987-02-28) (37 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi
  • Model
  • aktrisa
Faoliyat yillari 2007-2016
Turmush oʻrtogʻi
Yuvraj Singh (turm. 2016)
Bolalari 1 nafar

Yoshlik davri tahrir

Keech 1987-yil 28-fevralda Angliyaning Esseks shahrida tugʻilgan. Uning otasi britaniyalik onasi esa bixari millatiga mansub hind-mavrikiyalik hindu.[2] U Londonning Redbrij shahridagi Beal oʻrta maktabida taʼlim oldi.[3] U yerda sahna tadbirlarida ishtirok etgan va hind klassik raqsi, ingliz raqsi va gʻarbiy zamonaviy raqslarni oʻrgangan.

Faoliyati tahrir

 
Hazel Sagarika Ghatge va Fatema Agarkar bilan

Keech televideniye, kino va sahnada ishtirok etgan va Britaniyaning Agata Christie Marple dasturida raqsga tushgan. BBC hujjatli koʻrsatuvi Call The Shots uning hind filmlarida ishlashini aytgan.[4] U 2002-yilda Londondagi promo-gastrol safari uchun Bollywoodning Bombay Dreams musiqiy guruhiga qoʻshiladi va keyingi yili West End musiqali Joseph va Amazing Technicolor Dreamcoat xorida kuylaydi. U Harry Potterningbir nechta filmlarda qoʻshimcha rol ijro etgan.

Big Boss 7 tahrir

Hazel Keech 2013-yil sentyabr oyida Hindistonning mashhur Bigg Boss 7 telekoʻrsatuvida paydo boʻlgan, biroq bir hafta oʻtgach, u uyidan chiqqan birinchi ishtirokchiga aylanadi. Koʻrsatuvdan keyin bergan intervyusida u Pratyusha Banerjiga nisbatan gʻazabini bildirib: „U muammo yaratishni yaxshi koʻradi“ deydi.[5]

Filmografiyasi tahrir

Yil Film Rol Til
2007 Billa Rhea, Rajeshning kuyovi Tamil
2009 Kick Telugu
2011 Bodyguard Maya Kapoor Hind
2012 Maximum Aa Ante Amlapuram Hind
2012 Krishnam Vande Jagadgurum Telugu
2013 Heer and Hero Panjob
2015 Dharam Sankat Mein Neelanand Hind
2016 Baankey Ki Crazy Baraat

Shaxsiy hayoti tahrir

2015-yil 12-noyabrda Keech hindistonlik kriketchi Yuvraj Singh bilan unashtirilgan. Ular 2016-yil 30-noyabrda turmush qurishdi.

Manbalar tahrir

  1. „Christine Zedek — Tamil Actress Gallery stills images clips“. IndiaGlitz. Qaraldi: 20-iyul 2012-yil.
  2. Gulshankumar Wankar. „Yuvraj Singh blasts Western Union for denying money to fiancée Hazel Keech“. Hindustan Times (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 25-aprel 2019-yil.
  3. Rob Parsons. „West End chorus girl strikes Bollywood gold“. Evening Standard (9-sentabr 2011-yil). 2013-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2012-yil.
  4. „I think Bollywood has chosen me“. Digital Spy (26-sentabr 2011-yil). 2012-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2012-yil.
  5. „Pratyusha likes to create problems: Hazel Keech“. India Today. Qaraldi: 22-sentabr 2013-yil.