Hazoraspiy, Jaʼfarxoʻja ibn Nasriddinxoʻja al-Husayniy al-Karvakiy (18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmi, Hazorasp shahri) — shifokor-tabib, olim. Hazorasp shahri yaqinidagi Karvak qishlogʻida tabib oilasida tugʻilgan. Hazorasp, Xiva va Buxoro madrasalarida oʻqib, mudar-ris boʻlib yetishgan. Ibn Sino, Abu Bakr arRoziy, Ibn Xammor, Abulgʻoziy Baho-dirxon asarlarini oʻrganib, tabiblikni egallagan. "Altabobat ul-majmua" ("Tabobat masalalari toʻplami") asari muallifi. Asarning turli vaqtlarda koʻchirilgan nusxalari Xiva, Toshkent, Istanbul, Britaniya (Lon-don) muzey qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. Asarda qon tomirlari va bosh miya tuzilishi, tashxis qoʻyishning bir necha turlari, ovqatlanish meʼyori, parhez, dorivor oʻsimliklardan oqilona foydalanish yoʻllari bayon etilgan. Nasldan-naslga oʻtuvchi surun-kali saramas kasalligi, jigar va oshqozon osti bezlarining yalligʻlanishi kabi xastaliklarni davolash usullari koʻrsatib berilgan. U bepushtlik, ayollar jinsiy aʼzolaridagi kasalliklarning paydo boʻlishi va ularni davolash usullari toʻgʻrisida ham bataf-sil maʼlumotlar bergan. H. Hazorasp tumanining Karvak qishlogʻidagi Shayx Husayn bobo qabristoniga dafn qilingan.

Adabiyot

tahrir
  • Abdullayev A., Ocherki istorii razvitiya meditsinm v Xorezme. T., 1980: Doʻschanov B.. Hazorasp tarixi. Urganch. 1998.