Hazrat Turki Jandiy

Buxoroning olim va orif valiylaridan

Hazrati Turki Jandiy — (X asr) Buxoroning olim va orif valiylaridan biri. Shayxning toʻliq ismi Abu Nasr Ahmad ibn al-Fazl Muso al Jandiy. Hazrati Turki Jandiy Sirdaryo atrofidagi Jand shahrida tugʻilib, Buxoroda ilmiy kamolga yetgan.

„Nasabnoma“da: „Abu Nasr ibn Abu Ishoq Kalobodiyning safdoshlaridan, tafsir va hadis ilmida mumtoz (peshqadam) edilar“, deb eʼtirof etilgan[1].

Hazratning qabri Buxoro shahri janubida boʻlib, azaldan ulugʻ ziyoratgoh hisoblanadi. U soʻfiylikda yuqori oʻrinda boʻlib, ibrati, nafasi, holi bilan el muhabbatini topgan.

Bular haqida „Nasabnoma“, „Nazmi kitobi Mullozoda“, ayniqsa, „Tuhfat uz-zoirin“ kitobida nozik maʼlumotlar berilgan.

Turki Jandiy ziyoratgohi obod ziyoratgohlardan sanaladi. Turki Jandiy maqbarasi (yoshi nomaʼlum, ehtimol XVI asr oʻrtalarida qayta qurilgan). Bu maqbara shaharning asosiy sayyohlik zonasidan janubda, Namozgoh masjidiga olib boradigan Namozgoh koʻchasining sharqiy tomonida joylashgan. Qurilishning aniq yoshi maʼlum emas, Badr va Tupevning 1971-1972-yillardagi eʼlon qilinmagan qazishma hisobotlari hozirgi bino XVI asr oʻrtalarida qurilgani, uch qurilish davridan oʻtganligi haqida maʼlumot beradi. Arxitektura nuqtai nazaridan, binoning koʻzga koʻringan gumbazi temuriylar davri meʼmorchiligidan dalolat beradi va Mir Arab madrasasini va Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasini eslatadi[2]. Rivoyatlarga koʻra, Buxoro aholisi oʻrta asrlarda Turki Jandiy mozori oldidan hech qachon otda oʻtmagan, yaqinlashganda otdan tushgan. Goʻyo otda oʻtayotganlarni Turki Jandiy arvohi ot ustidan uloqtirib yuborgan.


Manbalar

tahrir

3. S.Mustafoyev, M.Ablayev — „Turonzamin aziz avliyolari va ulamolari tazkirasi“, T.: „Sano-standart“ nashriyoti, 2015

Manbalar

tahrir