Hazrat Usmon ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Hazrat Usmon ota jome masjidi
Hazrat Usmon ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Qoʻshqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Qoʻshqoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini Bozor boshi koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Yuldash domla Buzrukov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Hazrat Usmon ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Qoʻshqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Qoʻshqoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini Bozor boshi koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Qoʻshqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻini, Bozor boshi mahalla fuqarolar yigʻini, Nishon mahalla fuqarolar yigʻini, Hiyobon mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvat mahalla fuqarolar yigʻini, Obod yurt mahalla fuqarolar yigʻini, Soy boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon ota mahalla fuqarolar yigʻini, Ixtiyor mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Yuldash domla Buzrukov hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Hazrat Usmon ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 10-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

tahrir
  1. „ХАЗРАТ УСМОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"ХАZRАТ USMON" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 1-dekabr 2023-yil.