Hazrati Bob Farg‘oniy ziyoratgohi

Hazrati Bob Farg‘oniy ziyoratgohi — Namangan shahar Pop tumanida joylashgan ziyoratgoh hisoblanadi[1]. Hazrati Bob Farg‘oniy qadimiy Farg‘onaning mashhur shayxlaridan bo‘lib, „Bob“ taxallusi bilan nom qozongan.

Hazrati Bob Farg‘oniy ziyoratgohi
Joylashuv Namangan shahar Pop tumani
Turi Ziyoratgoh
Xarita

Tarixi

tahrir

Pop tumani bilan Chinor qishlog‘i o‘rtasida Olmossoy bo‘yida Hazrati Bob nomli qabriston mavjud[2]. Hazrati bob X asrning ikkinchi yarmi XI asrning birinchi yarimida yashab o‘tgan ulug‘ valiylardan biri sifatida Islom olamida shuhrat taratgan. Hazrati Bob Farg‘oniy haqida maʼlumotlar juda kam saqlanib qolgan. Faqatgina Abdurahmon Jomiy o‘zining „Nafahot ul-uns min hazarot il-quds“ (Hamsuhbatlarning yoqimli iforlari) nomli tazkirasida Bob Farg‘oniyga nisbatan shunday taʼrif beradi:

Bu kishining nomi Umar bo‘lib. U diyorning darveshlari, buyuk shayxlari va donishmandlarini Bob deb ataganlar. Shunga ko‘ra, ushbu alloma Bob laqabi bilan tanilgan. Bob Farg‘oniy karomatliklari sezilib va ko‘rinib turgan ulug‘ kishi edilar.

Hazrati Bob Farg‘oniy umrining so‘nggi yillarini o‘ziga nisbat berilgan Bob mavzesida o‘tkazgan va shu yerda vafot etgan. 1927-yilda maqbara buzib tashlangan. Hozirgi kungacha mahalliy aholi Hazrati Bob Farg‘oniy qabrlarini ziyorat qilib kelishadi[3]. Pop tumani markazida „Hazrati Bob“ qabristoni mavjud bo‘lib, Hazrati Bob Farg‘oniyning hoki ham shu yerga dafn etilgan. Hazrati Bob Farg‘oniy mamlakatimizning 4 ta tasavvuf ilmi va diniy ahkomlaridan biri bo‘lib, Imom al-Buxoriyga tenglashtirilgan.

Manbalar

tahrir