On Her Majesty's Secret Service
On Her Majestyʼs secret service (tarjimasi: Hazrati Oliyalarining maxfiy xizmatida) – Ian Fleming qalamiga mansub shu nomli asar asosida suratga olingan, Buyuk Britaniyalik josus, agent 007 – James Bond haqidagi filmlarning oltinchisi. Bosh rolni aktyor George Lazenby ijro etgan[1][2].
Hazrati Oliyalarining maxfiy xizmatida On Her Majestyʼs Secret Service | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Peter Hunt |
Prodyuser(lar) | Albert Broccoli |
Ssenariynavis(lar) | Ian Fleming |
Rollarda |
George Lazenby Diana Rigg Bernard Lee |
Distribyutor | United Artists |
Chiqarilgan sanasi | 1969 |
Davomiyligi | 140 min. |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Tillar |
ingliz nemis |
Byudjeti | 7 000 000 $ |
Daromadi | 87 400 000 $ |
Avvalgi film | Ikki hayoting bor |
Keyingi film | Yashasin olmoslar |
Syujeti
tahrirOʻzining eski dushmani, SPECTRE terror tashkilotining yetakchisi va „birinchi raqamli“ izidan yurib, britaniyalik MI6 razvedka agenti Jeyms Bond Portugaliyaga boradi. U yerda Tereza (Treysi) ismli qizga oshiq boʻladi. Tereza, mamlakat jinoyat dunyosi qiroli Mark-Ange Draconing qizi. Koʻp oʻtmay Bond Draconing odamlari tomonidan qoʻlga olinadi va xoʻjayiniga olib kelinadi. Ammo Drako Bonddan faqat bitta narsani soʻraydi: qiziga uylanish. Buning evaziga Blofeld haqida maʼlumot beradi. Otasining rejalaridan xabar topgan Treysi Bondga oʻzini qiziqtirgan hamma narsani hech qanday shartlarsiz aytib berishni talab qiladi. Olingan maʼlumotlardan foydalanib, Bond Alp togʻlarida xususiy klinika niqobi ostidagi yashirin laboratoriyani topadi, Blofeld insoniyatni yoʻq qila oladigan yangi halokatli virusni ishlab chiqmoqda. Bond Blofeldning graf sulolasidanligini qayd etishi kerak boʻlgan genealogist niqobi ostida ushbu laboratoriyaga kirib boradi. Tez orada Bond u yerdan qochishga muvaffaq boʻladi. Bunda unga Treysi yordam beradi, lekin uning oʻzi Blofeldning odamlari qoʻliga tushadi. MI6da Bosh vazir Blofeldni yoʻq qilish uchun agentlarni yuborish oʻrniga, unga tovon toʻlashga qaror qilganini aytadi. Bond Drako yordamida Treysini oʻzi qutqarib, Blofeld guruhining laboratoriyasini yoʻq qilishga qaror qiladi. SPECTREning rejalarini buzadi, ammo Blofeldni oʻldirish qoʻlidan kelmaydi.
Film oxirida Bond va Tereza turmush qurishadi. Toʻy tugashi bilanoq, ularga nogiron Blofeld va uning vorisi hujum qilishadi. Bondning oʻzi yaralanmasa-da, uning yosh xotini bir zumda vafot etadi. Bond birinchi marta yigʻlaydi.