Hazratqul Xo‘jamqulov
Hazratqul Abdiqodirovich Xoʻjamqulov (1977-yil, Surxondaryo viloyati, Boysun tumani) – oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Biogragiyasi
tahrirXoʻjamqulov Hazratqul Abdiqodirovich 1977-yili Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. Millati tojik, maʼlumoti oliy. 2009-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodiyot.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda IAT „Paxta bank“ Surxondaryo viloyati boshqarmasi kassiri lavozimidan boshlagan. 2009—2014- yillarda „Agrobank“ OAT banki Boysun filiali boshqaruvchisi, 2018—2019-yillarda „Trastbank“ xususiy aksiyadorlik banki Termiz filiali boshqaruvchisi, 2019—2020-yillarda „Agrobank“ aksiyadorik tijorat bankining Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimida faoliyat yuritmoqda[2][3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Xujamqulov Xazratqul Abdiqodirovich“ (parliament.gov.uz).
- ↑ „"Inson huquqlari — eng oliy qadriyat" Muallif Hazratqul XO’JAMQULOV“ (pravacheloveka.uz).
- ↑ „"Xitoy O’zbekistonning eng yaqin hamkori va bu aloqalar kelgusida yanada yuksaladi" Muallif Hazratqul XO’JAMQULOV“ (.tfqm.uz).
- ↑ „“Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasida qanday yangi normalar belgilanmoqda? Muallif Hazratqul XO’JAMQULOV“ (aniq.uz).