Hazratqul baxshi (taxallusi; asl ism-sharifi Hazratqul Hudoyberdiyev) (1920, Qamashi tumani Qoraqoʻton qishlogʻi) — Qamay dostonchilik maktabining vakili. Dushanba ped. instituti tarix-geografik fakultetini tugatgan (1958). Yoshligidan xalq dostonlarini kuylashga qiziqqan. Repertuarida "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Goʻroʻgʻli bilan Yunuspari", "Avazxon", "Avazning arazi", "Nurali va Oyxumor", "Alpomish" kabi dostonlar bor. Undan ayrim sexrli fantastik er-taklar ("Madhiya" nomli), zamonaviy mavzuda doston va termalar ham yozib olingan, gramplastinkaga koʻchi-rilgan.