Rut Hedvig Lindahl (1983-yil 29-aprelda tugʻilgan) — shved futbolchisi, Atletiko Madrid va Shvetsiya terma jamoasi darvozaboni.2004, 2005 va 2009-yillarda Shvetsiyada yilning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan.

Hedvig Lindahl
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rut Hedvig Lindahl
Tavallud sanasi 29-aprel 1983-yil (1983-04-29) (40 yosh)
Tavallud joyi Katrineholm,, ShvetsiyaShvetsiya
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético Madrid
Raqami 1

Dastlabki karyera tahrir

13 yoshida u professional futbolchiga aylandi. Bungacha u Groppthorps va Baggethorps yoshlar klublarida oʻynagan. U oʻz faoliyatini hujumchi sifatida boshlagan, ammo keyinchalik darvozabonga oʻzgartirgan[1].

Jamoalardagi faoliyati tahrir

1996-yildan beri u professional futbol klublarida oʻynagan. 2001-yilda u Malmyo futbol klubiga oʻtdi[1]. U bu jamoadagi faoliyatini 2003-yilda yakunlab, FC Linköpingga oʻtdi. Hedvig 2004-yildan 2009-yilgacha Linköpingda besh mavsum oʻynagan. 2009-yildan 2010-yilgacha Goteborg futbol klubida oʻynagan. Ammo 2010-yilgi mavsumdan soʻng jamoa bosh murabbiyi Torbyorn Nilsson futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va 2011-yilda Lindal Kristianshtad klubiga oʻtdi[2].

Xalqaro karyera tahrir

2002-yildan beri Shvetsiya terma jamoasida asosiy tarkibdaoʻynab kelmoqda[3]. 2005 va 2009-yillardagi Yevropa chempionatlari Shvetsiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan, shuningdek 2003, 2007 va 2011-yillardagi jahon chempionatlari, hamda, 2004, 2008 va 2012-yillardagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida terma jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan.

Yutuqlar tahrir

  Linköping tahrir

  • Shvetsiya kubogi sohibi (2): 2006, 2008
  • Jami: 2 ta kubok

  Chelsea tahrir

Shaxsiy hayoti tahrir

Sabine Willms bilan 2011-yildan beri oila qurishgan[4]. 2014-yilda juftlik Timoti (Timoti) ismli oʻgʻil koʻrdilar. 2017-yil yanvar oyida juftlik ikkinchi oʻgʻil farzandni koʻrishdi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Hedvig Lindahl“ (sv). Svenskdamfotboll.com (2006-yil 21-mart). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.
  2. Lindmark, Stig „Hedvig Lindahl stortrivs i Kristianstad“ (shvedcha). Шведский футбольный союз (11-may 2011-yil). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.
  3. „Damlandslagsspelare 1973–2012“ (shvedcha). Svenskfotboll.se. 31-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.
  4. „Hedvig drömmer om OS-guld“ (shvedcha). Hemmets Journal (24-iyul 2012-yil). 26-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2013-yil.