Heinrich Gottlob Bertsch (1897-yil 11-yanvar, Rosenfeld – 1981-yil 19-mart, Beriln) nemis kimyogari[1]. U dunyodagi birinchi yuvish vositasining ixtirochisi hisoblanadi.

Heinrich Bertsch
Heinrich Gottlob Bertsch
Tavalludi

1897-yil 11-yanvar
Rosenfeld, Baden-Württemberg,

Germaniya
Vafoti

1981-yil 19-mart (84-yosh)
Berlin,

Germaniya
Fuqaroligi nemis
Kasbi

kimyogar,

ixtirochi

Hayoti tahrir

Heinrich Bertsch maktab oʻqituvchisining oʻgʻli boʻlib, u Ludwigsburg Oberrealschule shaharchasida oʻqigan. 1916-yilda oʻrta maktabni tamomlagan. Birinchi jahon urushidagi harbiy xizmatdan soʻng 1919-yildan Shtutgart texnika universitetida kimyoviy texnologiya fakultetida tahsil olgan va shu yerda oʻqishni tugatgan. 1921-yilda magistrlik diplomi va 1922-yilda muhandislik fanlari doktori darajasini olgan. Shtutgart va Dresdendagi oʻqtuvchilik lavozimlardan soʻng 1924-yil 1-avgustda Böhme AG kompaniyasida kimyogar lavozimini egallagan. U yerda dastlab toʻqimachilik sohasida tadqiqot olib borgan.

1927- yilda Böhme AGning bosh kimyogari etib tayinlangan[1].

1932-yilda Bertsch birinchi yuvish vositasi boʻlgan Fewani ixtiro qilgan[2]. Fewaning muvafaqqiyati orqasidan Henkel Groupsning kompaniyasining 1935-yilda Böhmega qoʻshilishiga va 1941-yil oktyabr oyida Böhme-Fettchemie kompaniyasining asos solinishiga sabab boʻlgan. Bundan soʻng Bertschga Böhme-Fetchemie, Genthindagi Persil va Rodlebendagi nemis zavodlarini oʻz ichiga olgan Henkelning markaziy nemis zavodlari guruhini kimyogari boʻlib ishlagan.

U Böhme-Fettchemie kompaniyasini va 1946-yilda Saksoniyadagi referendumdan keyin milliylashtirilgan butun kimyo sanoatini boshqarishni oʻz qoʻliga olgan[3].

Shuningdek, 1950-yilda Bertsch Berlin Gumboldt universitetida kimyoviy texnologiya boʻyicha professor lavozimida ishlagan. 1953-yilda Germaniya Fanlar Akademiyasiga qabul qilindi va 1954-yildan 1963-yilgacha yaʼni nafaqaga chiqqunga qadar Akademiyaning Organik kimyo institutining direktori boʻlib ishlagan[2]. 1958-yilda u yangi tashkil etilgan Institute of Fat Chemistry direktori etib tayinlangan, 1958-yildan 1969-yilgacha Chemisches Zentralblatt gazetasi muharriri va 1958-yildan 1961-yilgacha Institute of Documentation direktori boʻlgan[1]. 1957-yildan 1963-yilgacha u Shtutgart universitetining kimyo, geologiya va biologiya fakultetlarining dekani boʻlib ham ishlagan[4].

Bertsh GeramniyaDemokratik Respublikasidagi xizmatlari uchun bir qancha mukofotlarga, jumladan Germaniya Demokratik Partiyasining Milliy mukofotiga sazovor boʻlgan. 1953- yilda esa Klasse mukofoti va 1959-yilda Vatanparvarlik xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „"Bertsch, Heinrich | Bundesstiftung zur Aufarbeitung der SED-Diktatur". www.bundesstiftung-aufarbeitung.de.“.
  2. 2,0 2,1 „"Das Spülmittel für den Kriminaltechniker | Blick – Chemnitz".“.
  3. „Tenorth, Heinz-Elmar (2014-06-02). Geschichte der Universität Unter den Linden 1810-2010: Praxis ihrer Disziplinen. Band 6: Selbstbehauptung einer Vision (in German). Walter de Gruyter GmbH & Co KG.“.
  4. „Kowalczuk, Ilko-Sascha (2003). Geist im Dienste der Macht: Hochschulpolitik in der SBZ/DDR 1945 bis 1961 (in German). Ch. Links Verlag“.