Heinz Kuttin
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Avstriya
Tavallud sanasi 5-yanvar 1971-yil (1971-01-05) (53 yosh)
Gassen, Avstriya
Boʻyi 193 sm
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Heinz Kuttin — (1971-yil 5-yanvarda tugʻilgan) avstriyalik sobiq changʻidan sakrash sportchisi.

Faoliyati tahrir

1992-yilda Albertvilda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Heinz jamoaviy bahslarning katta tepalikda kumush medal va yakkalik katta tepalikda bronza medalni qoʻlga kiritgan. 1994-yilda Lillexammerda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Heinz jamoaviy katta tepalikda bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].

Kuttinning eng katta muvaffaqiyati XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida toʻrtta medalni qoʻlga kiritgani bilan izohlanadi, unga ikkita oltin (yakkalik oddiy tepalik va jamoaviy kotta tepalik 1991-yilgi musobaqasi) va ikkita bronza (jamoaviy kotta tepalik 1993-yil; yakkalik normal tepalik esa 1989-yillari). U 2002—2003-yillarda Avstriya terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan, 2003-yilda Polshaning B jamoasini, keyin esa 2004-yildan 2006-yilgacha Polsha terma jamoasini boshqargan[2].

2014-yildan boshlab Avstriyaning changʻidan sakrash boʻyicha milliy terma jamoasining avvalgi murabbiyi Aleksandr Pointner nafaqaga chiqqanidan keyin rasmiy bosh murabbiy hisoblanadi. 2016-yil Avstriya terma jamoasi yaxshi natijalarga erishganini hisobiga Heinzning changʻida sakrash sproti murabbiylari xalqaro retringida bir necha pogʻona koʻtarilganini XCHF tasdiqlagan.

Jahon chempionati tahrir

Kuttin XCHF changʻida sakrash Jahon miqiyosidagi yakka tartibli musobaqalarda ketma-ket 1987-yildan 1995-yilgacha faol ishtirok etib kelgan. Bu vaqt mobaynida 1988—1989-yilgi XCHF Shimoliy musobalaqarida eng yuqori natijalarga erishgan.

Turnir jadvali tahrir

Mavsum Umumiy natijalar 4H SF
1987—1988-yil 26 25 Yoʻq
1988—1989-yil 39 82 Yoʻq
1989—1990-yil 8 10 Yoʻq
1990—1991-yil 7 51 6
1991—1992-yil 11 46
1992—1993-yil 19 9
1993—1994-yil 12 7
1994—1995-yil 67 34

Yutuqlari tahrir

Heinz jamoaviy musobaqalarda ketma-ket 1990—1991-yilgi va 191-1992-yilgi musobaqalarda yuqori natijalar bilan shohsuppaga koʻtarilgan.

Tartib raqami Mavsum Sana Manzil Tepalik Hajmi
1 1990—1991-yil 1991-yil 13-mart    Trondxaym Granåsen K120 LH
2 1991—1992-yil 1992-yil 8-mart   Trondxaym Granåsen K120 LH

Manbalar tahrir