Henry Percy Adams (talaffuzi: Genri Persi Adams; 1865-yil 26-oktyabr — 1930-yil 7-aprel) Ipsvich shahrida tugʻilgan ingliz arxitektori. U FRIBA tashkiloti aʼzosi aʼzosi hisoblanadi[1].

Yoshligi tahrir

Adamsning otasi Webster Adams (1841-1900), Ipsvichda jarroh boʻlgan[2]. Onasi — Alice Heal (1840—1888)[1].

U Epsom kollejida akasi Webster Angell Adams (1864-1895) bilan birga tahsil olgan[3]. Adams 1879-yilda Epsomni tark etdi. Shu orada u Gould House, DeAdham, Esseksga shaharlariga koʻchib oʻtdi[2]. Keyinchalik u Ipswichdagi mahalliy taniqli arxitektor Brightven Binyon (1846-1909) qoʻl ostida shogirdlikka kirdi[4]. Adams Ipsvich Tasviriy sanʼat va rassomlik klubining aʼzosi edi.  U 1886-yilda „Old Windmill“ deb nomlangan akvarel rasmini va ikkita arxitekturaviy eskizini namoyish etdi. Bular: „'St. Martinʼs church, Cologne“, „Tomb of Sir Walter Scott“.  Oradan vaqt oʻtib, yaʼni, 1888-yilda Qirollik akademiyasida koʻrgazma tashkil qildi[2].

Shuningdek, Adams 1888-yilda Stiven Salterning (1825-1896) arxitektura idorasiga, London, Gannover maydonidagi arxitektura idoralarida ishladi. 1888-yilda u RIBAning chizmachilik yoʻnalishidagi mukofotini qoʻlga kiritdi[5].

1897-yilda u arxitektura sohasi vakillari uchun beriladigan Donaldson medali[6] va Godwin Bursary (Jorj Godvin tomonidan asos solingan) sovrinlarni qoʻlga kiritdi[5].

1913-yil Adams Stephen Salter binosining arxitektura amaliyotini amalga oshirdi. 

Charles Holden (1899-yilda uning yordamchisi, keyin esa uning dizayneri) va Lionel Pearson (1879-1953, Liverpul universiteti arxitektura fakultetida oʻqigan) ikkalasi ham 1904-yilda Adamsning oldiga amaliyotga qoʻshilishdi. Keyinchalik bu amaliyot Adams, Holden va Pearsonga oʻzgartirildi.

Asosiy ishlari tahrir

  • 1897-1898-yillar Bedford General Hospitalning janubiy qismi, „Victoria Ward“ deb nomlanuvchi bolalar uchun maxsus moʻljallangan bino[7].
  • 1898-yil — Stircase Hall, Madresfield Court Worcestershire[8].
  • 1900-1905-yillar Nyukasl apon Tayn. Qirollik Viktoriya kasalxonasidagi ibodatxona. W. L. Newcombe bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan[9].
  • 1900-yil — Surreydagi Dorking yangi kasalxonasi[10].
  • 1901-yil — Qirollik Viktoriya kasalxonasi, Newcastle upon Tyne[10].
  • 1901-yil — Glazgodagi Royal Infirmary uchun dizayn tanlovida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi[11].
  • 1903-yil — Tunbridge Wells umumiy kasalxonasi, Kent[10].
  • 1903-yil — King Edvard VII sanatoriysi, Midhurst, Surrey (2006-yilda yopilgan va turar-joyga aylantirilishini kutmoqda)[12].
  • 1903-yil — Bedford okrugi kasalxonasi, Bedfordshir[10].
  • 1904-yil — Beyogʻlu dengizchilar kasalxonasi, Istanbul-Qrim urushi paytida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan. U har qanday kiruvchi kemalarni aniq koʻrishni taʼminlaydigan minoraga ega[13].
  • 1906-yil — Soxodagi ayollar kasalxonasi, London[10].
  • 1907 — 1908 okrug xoll, London dizayni uchun muvaffaqiyatsiz taklif[14].
  • 1909-yil — Semon uyi (hozirda „Rignall yogʻochi“ nomi bilan tanilgan)[15].
  • 1910-yil — Bristol qirollik kasalxonasining yangi boʻlimi va pavilyonlari, Glostershire (Charles Halden bilan)[10].
  • 1910 yil — Savoy Pleys, (Elektr muhandislari instituti) koʻchib oʻtishdan oldin, binoga oʻzgartirishlar Persi Adams va Charles Halden tomonidan amalga oshirildi. Bunga kirish zalini, maʼruza teatrini taʼmirlash va birinchi qavatdagi uzun xonadan kutubxona yaratish kiradi[16].

Shaxsiy hayoti tahrir

1890-yil 22-mayda u Suffolkdagi Ipsvich shahrida Cicillia Clara Staddon (1865-1891) bilan turmush qurdi[17]. 1891-yilda ularning oʻgʻli tugʻildi[1]. Farzandi tugʻilganida uning xotini vafot etdi. 1896-yilda Henry Alice Mildred Mathieson (ser Frederick Ashtonning xolasi) bilan turmush qurdi[18]. Ulardan ikki oʻgʻil va bir qizi farzand bor edi[18].

Adams 1930-yilning 7-aprelida Londondagi Westminster kasalxonasida 64 yoshida vafot etadi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Family of Harry Percy ADAMS and Cicillia Clara STADDON“. www.benedictheal.com. 2022-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „ADAMS, (Harry) Percy“. www.suffolkpainters.co.uk. Qaraldi: 2013-yil 15-oktyabr.
  3. „1851–1889 / 1855–1889“. archive.epsomcollege.org.uk. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-oktyabr.
  4. Sam Smiles (Editor)Going Modern and Being British: Art, Architecture and Design in Devon County Google Booksda
  5. 5,0 5,1 Directory of British Architects, 1834–1914: Vol. 2 (L–Z), 2nd Brodie: , London: Continuum International Publishing Group Ltd, 1 July 2001 — 147 bet. ISBN 978-0826455147. 
  6. „Donaldson Medal“. www.ucl.ac.uk. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  7. „Tile Gazetteer – Bedfordshire“. www.scottisharchitects.org.uk (2005). Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  8. Brooks, Alan. Worcestershire (Buildings of England) (Pevsner Architectural Guides: Buildings of England). London: Nikolaus Pevsner, 6 July 2007 — 848 bet. ISBN 978-0300112986. 
  9. „Chapel at Royal Victoria Infirmary, Newcastle upon Tyne“. www.britishlistedbuildings.co.uk (1999). Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 „H. Percy Adams“. archiseek.com (1906). Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  11. „DSA Architect Biography Report (October 14, 2013, 4:33 pm)“. www.scottisharchitects.org.uk. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  12. „King Edward VII – History“. www.cityandcountry.co.uk. 2013-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  13. Levine, Lynn A.. Frommer's Istanbul. London: John Wiley & Sons, 2010 — 194 bet. ISBN 978-0470591574. 
  14. „Competitors and published designs Appendix 2“. www.british-history.ac.uk (1991). Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  15. „Title: Letter to G. Jekyll from H. Percy Adams“. www.ced.berkeley.edu (1909-yil 3-mart). 2014-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  16. „Savoy Place History“. Institution of Engineering and Technology. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.
  17. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  18. 18,0 18,1 „Family of Harry Percy ADAMS and Alice Mildred MATHIESON“. www.benedictheal.com. 2022-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-oktyabr.