Henryk Hechtkopf (1910-yil 4-aprel – 2004-yil iyul) - rassom va illyustrator.

Henryk Hechtkopf

Biografiyasi

tahrir

Genrik Xechtkopf rassom boʻlib, uning bizga qoldirgan ijodiy ishlari turli ommaviy axborot vositalaridagi noyob rasmlar toʻplami, bolalar kitoblari va Tzadikim hikoyalari uchun chizilgan rasmlardan iborat. Hechtkopfning faoliyati bir qator mavzular va badiiy uslublardan tashkil topgan Injil sahnalari va portretlari, syurrealizm va mavhum ekspressionizm kabilarni oʻz ichiga oladi. Uning yaratgan sanʼat asarlari nafaqat oʻzining hayoti bilan, balki uning yon atrofida boʻlayotgan hayotiy voqealar bilan ham bogʻliq.

Hechtkopf 1910-yili Varshavada yahudiy oilasida tugʻilgan. Ikki farzandning kenjasi bolgan. Uning otasi savdogar, onasi esa doya edi. U „Chanoch“ ibroniy gimnaziyasida, keyin Varshava universitetida tahsil olgan. Huquqshunos darajasini olgandan soʻng, Polsha Oliy sudida maqola yozib, birinchi yahudiy huquqshunoslardan biri boʻladi.

Henryk Hechtkopfining badiiy isteʼdodi erta davrlardan namoyon boʻladi. Uning ijodiy ishi 23 yoshlik paytida „Yahudiylarning sanʼatni targʻib qilish jamiyati“ koʻrgazmalarida qatnashish uchun tanlab olingan. Shuningdek, u kinorejissyor ham boʻlib, Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin bir nechta animatsion filmlarni yaratishda ishtirok etgan.

Hechtkopfning ijodiy ishi har doim yahudiylarning kelib chiqishi, diniy ramziylik va Shtetldagi yahudiy hayotiga bogʻliq kuchli maʼlumotga ega edi. Ammo, Ikkinchi Jahon urushi uning ishiga chuqur taʼsir koʻrsatmay qoʻymaydi. Urush boshida u Polsha armiyasi bilan birga Sovet Ittifoqiga chekinganinda, u yerda asirga olinadi va majburiy mehnat lagerlarida ishlash uchun yuboriladi. Urushdan soʻng, u Polshaga qaytib kelib, butun oilasi Xolokostda oʻdirilganini biladi. Hechtkopf Varshavaga qaytganidan keyin chizgan rasmlarida getto va uni oʻrab turgan shahar xarobalari tasvirlangan. Ushbu asarlarning 24 tasi Isroildagi Yad Vashem Xolokost yodgorligi uchun sotib olingan. Yad Vashemning sanʼat kuratori Yehudit Shendar Hechtkopfning ishi tomoshabinlarga kuchli taʼsir koʻrsatganini izohlaydi. Hechtkopf 1949-yili Xolokost xotirasiga bagʻishlangan birinchi Polsha markasini yaratgandan soʻng, Xolokost va qahramonlik mavzusidagi xalqaro plakatlar tanlovida birinchilikni qoʻlga kiritadi.

Urushdan keyingi yillari Hechtkopfga Varshavada sudya lavozimida ishlashga taklif qilishgan. Ammo, u Polshadagi Lodz shahriga koʻchib oʻtishga qaror qiladi. Lodzda u rafiqasi Alicja Zielinska bilan uchrashgan. Uning Tereza Materne (Zielinska) ismli singlisi boʻlgan. U hozirgacha Lodzda (Polsha) yashaydi. Hechtkop rafiqasi 1989-yili 15-sentyabrda vafot etganidan keyin, turmush ortogʻining singlisi bilan yaxshi aloqada boʻladi.

U 1946-yildan 1950-yilga qadar Lodzda yahudiy rassomlar jamiyatini tashkil etishda yaqindan yordam bergan. Shuningdek, Lodz kino maktabida kino sanʼatidan dars beradi. Shogirdlari orasida Roman Polanski ham bor edi. Hechtkopf 1957-yili Polshadan Isroilga joʻnab ketishdan oldin Jan Batory bilan birgalikda „Taqiqlangan ohanglar“ (1956) nomli filmi muvaffaqiyatli suratga olgan. Bu film Polshaning urushdan keyingi birinchi hujjatli boʻlmagan filmi edi.

Hechtkopf Isroilga kelgach, Bat Yamga joylashib, u yerda umrining oxirigacha rassom boʻlib ishlaydi. U turli uslublarni qoʻllashi orqali, uning kuchli sezgirligi va oʻziga xosligi barcha ijodiy ishlarida yaqqol namoyon boʻlgan. Hechtkopf 2004-yil iyul oyida 94 yoshida vafot etgan.

Koʻrgazmalari

tahrir
  • 1963 yil – Rassomlar va haykaltaroshlar jamiyati, Tel-Aviv. Beytan Alcharizi
  • 1963 yil – Devid Ben Ari muzeyi, Bat Yam
  • 1966 yil – Bayt Yad Liban muzeyi, Petach Tikva
  • 1972 yil – Devid Ben Ari muzeyi, Bat Yam
  • 1972 yil – Quddus kuni koʻrgazmasi, Bayt Xaam, Quddus
  • 1979 yil – Quddus kuni koʻrgazmasi, Bayt Ribak muzeyi, Bat Yam
  • 1993 yil – Varshava getto qoʻzgʻolonidan 50 yil koʻrgazmasi, Bayt Ribak muzeyi, Bat Yam
  • 1996 yil – Bibliya rasmlari koʻrgazmasi, Mishkan Omanot muzeyi, Eyn Harud
  • 1997 yil – Injil koʻrgazmasi, Beyt Ribak, Bat Yam
  • 1997 yil – Debbi va Ori Nachushtan muzeyi, Asdot Yaakov
  • 1997 yil – Korrin Maman muzeyi, Ashdod
  • 1998 yil – Bibliya rasmlari koʻrgazmasi, Bibliya muzeyi, Beyt Diezengoff, Tel-Aviv
  • 2009 yil – Tel-Avivning 100 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan Tel-Aviv rasmlari koʻrgazmasi, Beyt Diezengoff, Tel-Aviv (Beit Xatanach direktori Dani Ofirning iltimosiga binoan).

Guruh koʻrgazmalari

tahrir

Hechtkopf Isroilda va xorijda oʻnlab guruh koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Uning ijodiy ishlari Berkli muzeyida, CA, Varshavadagi yahudiy muzeyida va Quddusdagi Yad Vashem Xolokost yodgorligida namoyish etilgan. Shuningdek, uning asarlari 1932—1938-yillarda Varshavadagi koʻrgazmalar safiga kiritilib, Lodz,Wroclaw, Kraków, Katovice shaharlarida namoyish etilib borilgan.

Tasvirlari

tahrir

Hechtkopf oʻz karyerasida yuzlab kitoblarni oʻz asarlarida tasvirlab berib, ulardan ayrimlari Isroil maktablarida oʻqigan harbir kishi tomonidan tan olingan. Hechtkopf Isroilning Masada, Yavneh, Zimzun, Machanayim va Ofer kabi nufuzli nashriyotlari bilan hamkorlikda ishlagan. Shu bilan birga, Am Oved nashriyotida katta rassom boʻlib faoliyat yuritgan. U Benjamin Tene, Levin Kipnis, Rafael Saporta, Yemima Avidar-Tchernovits, Asher Barash va boshqalar kabi taniqli isroillik mualliflar bilan ham hamkorlik oʻrnatgan. Hechtkopf tasvirlagan kitoblar orasida:

  • „Mikraot Israel“ seriyasi, Masada Books, 30 yil ichida maktablarda Isroilning 1-6-sinf oʻquvchilari uchun ushbu darsliklarni talab qilgan.
  • „Tmunot Mesaprot“ (Tasvirlar ertaklari) turkumi, Yavneh Books. Henryk Hechtkopf ushbu kitoblarning 28 ta versiyasing barchasini tasvirlab bergan. Isroillik maktab oʻquvchilarining deyarli barchasi ushbu kitobning nusxasidan foydalanadi.
  • „Stories of the Tzadikim“, Machanaim Library Books. Bu kitoblar yetti tilga tarjima qilingan boʻlib, dunyo boʻylab bir qancha nashrlarda chop etiladi. Isroildagi koʻplab pravoslav bolalari bu hikoya kitoblarini juda yaxshi bilishadi. Gershon Burkisning aytishicha, Lubavitcher Rebbening oʻzi ushbu kitoblar seriyasini foydalanishni tavsiya etgan.

Henryk Hechtkopf Isroilning eng mashhur bolalar kitoblarini oʻz asarlarida tasvirlab bergan. Adabiyot boʻyicha professor doktor Yael Dar Hechtkopfning chizmalari va illyustratsiyalari haqida yaxshi fikrlar bildirgan.

Sovrinlari

tahrir
  • Shalom Aleichem mukofoti, Varshava, 1947-yil.
  • First Prize, Varshava getto qoʻzgʻolonining besh yilligiga bagʻishlangan xalqaro plakatlar tanlovi, 1949-yil.
  • First Prize, Xolokost xotirasiga bagʻishlangan Polsha shtampining dizayni uchun tanlov.
  • Tel-Aviv, Savdo va sanoat vazirligining kitob dizayni uchun berilgan mukofoti, 1963-yil.
  • Tel-Aviv (Bat Yam munitsipaliteti bilan hamkorlikda), Rassomlar va haykaltaroshlar uyushmasi mukofoti.
  • Isroil madaniyat jamgʻarmasi mukofoti, AQSh, 1974-yil.
  • Bat Yam munitsipalitetining koʻp yillik ijodiy yutuqlari uchun faxriy mukofoti, 1985-yil.

Havolalar

tahrir