Herbert Sebastian Agar (1897-yil 29-sentyabr — 1980-yil 24-noyabr) amerikalik jurnalist va tarixchi. Louisville Courier-Journal muharriri.

Herbert Agar
Fayl:Herbert Sebastian Agar.jpg
Tavalludi 1897-yil 28-sentyabr
Vafoti 1980-yil 24-noyabr
(83 yosh)
Sussex, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Tarixchi

Tarjimai holi tahrir

Herbert Sebastian Agar 1897-yil 29-sentabrda New Yorkning New Rochelle shahrida John Agar va Agnes Louis Macdonough oilasida tavallud topgan[1]. U 1919-yilda Kolumbiya universitetini bakalavr va 1922-yilda Prinston universitetida magistr sifatida tamomlagan. 1924-yilda esa fan nomzodi ilmiy darajasini olgan[2].

Faoliyati tahrir

Agar 1933-yilda AQSH prezidentligiga tanqidiy nazar tashlagan "The Peopleʼs Choice" kitobi uchun 1934-yilda Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritdi. U shuningdek, Buyuk Britaniya ijtimoiy-iqtisodiy tizimining AQSH tizmimidek boʻlishi tarafdori edi[3].

Herbertning 1950-yilda chop etilgan „The Price of Union“ kitobi John Kennedyning sevimli kitoblaridan biri boʻlgan[4] va John kitobning nusxasini doim stolida saqlagan[5]. John Quincy Adamsning jasoratli harakati haqida boʻlgan "The Price of Union" kitobidagi bir parcha Kennedyga senatorlik jasorati haqida maqola yozish gʻoyasini beradi. Herbertga Sorensen ustoz sifatida koʻmaklashdi. Natijada, „Profiles in Courage“ (1956) kitobi uchun Pulitzer mukofotiga sazovor boʻldi.

Shaxsiy hayoti va oʻlimi tahrir

1945-yil 8-iyunda Agar Buyuk Britaniyaning sobiq transport vaziri Euan Wallace bevasi Barbara Wallacega uylandi[6].

Agar 1980-yil 24-noyabrda Ikkinchi jahon urushidan beri oʻzi yashagan Angliyaning Sasseks shahrida vafot etdi[2].

Ishlari tahrir

  • "Milton va Platon" (1928)
  • "Vashingtondan Xardinggacha" — Demokratiya boʻyicha tadqiqot. (1933)ISBN 978-0-9665734-0-4[7]
  • "Ozod yurt" (1935)[8]
  • "Amerikaga kim egalik qiladi?" - Yangi Mustaqillik Deklaratsiyasi to'g'risida(1936)ISBN 978-1-882926-37-4[9]
  • "Baxtga intilish: Amerika demokratiyasining hikoyasi" (1938)[10]
  • "Buyuklik vaqti" (1942)[11]
  • "Ittifoq. Amerikaning tarixga taʼsiri" (1950)[10]
  • "Avraam Linkoln" (1952)[12]
  • "Sokin yillar. AQSh 1945 — 1955" (1957)[13]
  • "1945-yildan beri Amerika" (1957)ISBN 978-0-226-00937-7[14]
  • "1914-yildan beri yahudiylarning omon qolganligi toʻgʻrisidagi hisobot" (1960)[15]
  • "Demokratiyaning xavf-xatarlari" (1965)[16]
  • "Eng qorongʻu yil. Yolgʻiz Britaniya 1940-yil iyun — 1941-yil iyun" (1972)[17]

Manbalar tahrir

  1. „JOHN G. AGAR, 79, LAWYER, IS DEAD; Ex-Member of Westchester County Park Board Once a Reform Leader Here“. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „HERBERT AGAR DIES; AUTHOR AND EDITOR; Wrote Prolifically on the American Democratic Heritage--Won Pulitzer Prize in History A Champion of Democratic Ideals Correspondent and Columnist“. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  3. William Fahey (2002). Preface to Vincent McNabb, The Church and the Land (1926)
  4. Favorite Books of President Kennedy[sayt ishlamaydi]
  5. „The Presidentʼs Desk, Page 2“. 2006-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  6. „COMDR. HERBERT AGAR TO MARRY IN LONDON“. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  7. Agar, Herbert. The People's Choice: From Washington to Harding; a Study in Democracy (en). Houghton Mifflin Comp., 1933-01-01. 
  8. Agar, Herbert. Land of the Free (en). Houghton Mifflin, 1935-01-01. 
  9. Agar, Herbert. Who Owns America?: A New Declaration of Independence (en). ISI Books, 1999-01-01. ISBN 9781882926374. 
  10. 10,0 10,1 Agar, Herbert. The Price Of Union. Houghton Mifflin Company., 30 November 1949. 
  11. Agar, Herbert. A Time for Greatness (en). Little, Brown, 1942-01-01. 
  12. Agar, Herbert. Abraham Lincoln (en). Collins, 1952-01-01. 
  13. Agar, Herbert. The Unquiet Years: U. S. A. 1945-1955 (en). Hart-Davis, 1957-01-01. 
  14. Agar, Herbert. The Price of Power: America Since 1945 (en). University of Chicago Press, 1957-08-15. ISBN 9780226009377. 
  15. Agar, Herbert. The Saving Remnant: An Account of Jewish Survival (en). Viking Press, 1962-01-01. 
  16. Agar, Herbert. The perils of democracy (en). Bodley Head, 1965-06-01. ISBN 9780802310019. 
  17. Agar, Herbert. The darkest year: Britain alone, June 1940-June 1941 (en). Doubleday, 1972-01-01. ISBN 9780385045001. 

Havolalar tahrir