Sulema
(HgCl2dan yoʻnaltirildi)
Sulema (lotincha: sublimatum — yuqori koʻtarilgan), simob (P)xlorid, HgCl2 — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 277—280°, qaynash temperaturasi 302°. Suv, spirt, atseton, efir va piridinda eriydi. Suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazmaydi, chunki HgCl2 ionlarga parchalanmaydi. S. nixoyatda zaharli modda, oʻta suyultirilgan eritmalari idishtovoqlar, mebellar va pollarni dezinfeksiyalashda, organik kimyoda katalizator sifatida, qishloq xoʻjaligi.da urugʻlarga ishlov berishda, boʻyoqchilik, koʻnchilik ishlarida qoʻllanadi (yana qarang Simob).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |