Hibat ul-haqoyiq
"Hibat ul-haqoyiq" - Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan asar. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
"Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to'liq nusxalaridan biri Hirotda, XV asrda qadimgi uyg'ur yozuvi asosida ko'chirilgan, asarning ikkinchi to'liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko'chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. "Hibat ul-haqoyiq"ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Asar 256 bayt, ya'ni 512 misradan iborat. G'azal va to'rtliklar she'r shaklida yozilgan. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o'tgan buyuklar kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi.
1972-yilda filologiya fanlari doktori, qadimshunos, turkolog olim Qozoqboy Mahmudov "Hibat ul-haqoyiq"ning akademik nashrini chop ettirdi. Unda olim dostonning asli, nasriy bayoni, tahliliy matn, izohli lug'at hamda grammatik va fonetik tahlilni amalga oshirgan. Shu paytgacha "Hibat ul-haqoyiq" dostoni bugungi o'zbek tiliga she'riy tarjima qilinmagan edi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |