Hidoyat (arab. — toʻgʻri yoʻl) — haqiqiy eʼtiqod yoʻlidan yurish.

Hidoyatning qarama-qarshisi zalolat (toʻgʻri yoʻldan ozish)dir.

Hidoyat Alloh oʻz bandalari uchun koʻrsatgan eng toʻgʻri yoʻl hisoblanadi.

Qurʼonning hidoyat toʻgʻrisidagi oyatlarida taʼkidlani-shicha, Alloh taolo hidoyat yoʻliga hammani ham boshlamaydi, balki oʻzi xohlagan, tanlagan kishilarnigina bu neʼmatga musharraf etadi. Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallam (sav) ga xitob qilib: "Sen xohlagan kishingni hidoyatga erishtira olmaysan, lekin Alloh oʻzi xohlaganiga hidoyat ato qilur" — degan mazmunda oyat nozil qilgan.

Hidoyat haqida bir necha hadis ham rivoyat qilingan.