Hijo
Hijo (arab. — boʻgʻin) — sheʼriy nutqning ritmik birligi, yaʼni soʻzning bir nafas zarbi bilan aytiladigan qismi. H. koʻpincha, tilshunoslikdagi boʻgʻin tushunchasiga toʻgʻri keladi, baʼzan boʻgʻindan farkli oʻlaroq undosh tovushning oʻzidan ham tuzilishi mumkin. Mas,Vasl bogi / ichra sendek / shohi zolim/ koʻrmadim,Ishq kuyi/da oʻzimdek/ notavone topmadim. (Alisher Navoiy)baytidagi vasl, ishq soʻzlaridagi l va q. undoshlari mustaqil H.ni tashkil etadi. H. talaffuziga ketgan vaqt va tuzilishiga koʻra ikkiga boʻlinadi; choʻziq (—) va qisqa (V) H. Choʻziq H. unli bilan tugasa, qisqasiga nisbatan choʻziqroq talaffuz qilinadi yoki undosh bilan tugaydi (chunonchi, yuqoridagi: Vas-l bogʻi kabi).
H.lar ruknlarni tashkil etadi (yuqoridagi baytda 8 ta rukn bor). Aruz vaznidagi sheʼrlar uchun qisqa va choʻziq H.larning muayyan bir tartib — nisbatda kelishi va bundan hosil boʻladigan ruknlar asos boʻlsa, barmoq vaznidagi sheʼrlar ritmida boʻgʻinlarning soni va turoqlar asos boʻladi (yana qarang Barmoq tizimi, Sheʼr tuzilishi, Shershunoslik).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |