Hikmatlar asariturkman shoiri Mahtumqulining hikmatlari jamlangan toʻplam[1][2]. Ushbu toʻplamda turkman shoiri Maxtumquli sheʼrlaridan tarjimalari orasidan tanlab olingan hikmatli soʻzlar asosida tartib berilgan. Hikmatlar filologiya fanlari nomzodi Ergash Ochilov tomonidan turkman tilidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan. 2015-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan oʻzbek tilining lotin alifbosida nashr etilgan.

Hikmatlar
Muallif(lar) Maxtumquli
Muharrir(lar) J.Karamatov
Tarjimon(lar) Ergash ochilov
Bezovchi(lar) H.Qutluqov
Mamlakat Turkmaniston
Til turkman
Nashriyot „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2015
Sahifalar soni 248
ISBN 978-9943-01-924-9
Avvalgisi 2013
Keyingisi 2015

Haqida

tahrir

Turkmanistonlik shoir Mahtumquli ijodida turli xil manbalardan foydalangan. Jumladan, Qur’oni karim va unga yozilgan tafsirlar, hadislar va turli diniy adabiyotlar, tasavvuf falsafasi va sheʼriyati, sharq mumtoz adabiyoti va xalq ijodiyoti. Shuning uchun shoir ijodida islomiy mavzularni ham, soʻfiyona ruhni ham, xalqona ohanglarni ham, mumtoz adabiyot taʼsiri ham sezamiz. Ular oʻzaro omuxta boʻlib, Mahtumquli asarlarining badiiyati, taʼsirchanligi va umrboqiyligini taʼminlagan. Ammo pand-nasihat shoir sheʼriyatining bosh mavzusini tashkil qilgan. Uning sheʼrlarida xalqona falsafa kuchli, nasihat ruhi yetakchi-u koʻrgan kechirganlarini tasvirlab, ular yuizasidan fikrini bayon etadi, xulosa chiqaradi. Toʻplamdagi Mahtumquli sheʼrlarida yaxshi va yomon, mard va nomard, halol va harom, urush va tinchlik, doʻst va dushman, ittifoq va adovat, oqil va johil, maʼrifat va jaholat, savob va gunoh, yoshlik va keksalik, shodlik va qaygʻu, saxiylik va baxillik, botirlik va qoʻrqoqlik, haqiqat va yolgʻon kabi tushunchalarni bir-biriga zid qoʻyadi va bu orqali ularning tafovutlarini ochib beradi.


Manbalar

tahrir
  1. Kitob. O'zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi — 5-bet-bet. ISBN 978-9943-01-924-9. 
  2. „Maxtumquli – valiy shoir“. https://n.ziyouz.com/.