Hikmatli soʻzlar

ma'noli so'zlar, qisqa ammo ma'nosi ko'p so'zlar

Hikmatli soʻzlar – tugal fikrni anglatuvchi, oʻtkir mazmunli qisqa va loʻnda ibora, bayt, jumla. Xalq maqollaridan farqli ravishda Hikmatli soʻzlar kelib chiqishi jihatidan maʼlum bir shaxs (yozuvchi, shoir, publitsist, faylasuf, olim, davlat arbobi va boshqalar)ga mansub boʻlib, individualligini saqlab qoladi. Hikmatli soʻzlar ning mustaqil janr shaklidagi namu-nalari bilan birga ilmiy, falsafiy, tarixiy hamda badiiy asarlar tarkibida uchraydiganlari ham boʻladi. Baʼ-zan asar boshdan-oyoq Hikmatli soʻzlardan iborat boʻlishi ham mumkin (Forobiy va boshqalar). Alisher Navoiyning ayrim asarlari Hikmatli soʻzlarga boy („Nazm ul-javohir“, „Arbain“, „Mahbub ul-qulub“ va boshqalar). Sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, oʻzbek adabiyotida Hikmatli soʻzlarning koʻp qismi pand-nasihat, oʻgit, tanbeh shakllarida boʻladi.

Mas:

Doʻstlik, sadoqatga belingni bogʻla,

Gina, malomatdan tilingni bogʻla. Saʼdiy Sheroziy

Xalq jonli tiliga, maqollarga yaqin Hikmatli soʻzlar ham koʻp uchraydi. Mas, „Oʻqsiz soldat – qilichsiz qin“ (Oy-bek), „Tishi chiqqan bolaga chaynab bergan osh boʻlmas“ (A.Qahhor). Baʼzi Hikmatli soʻzlar shaklan quyma holga kelib, om-maviy qoʻllanishga oʻtgach, maqolga aylanib qoladi.

Mas:Bilmaganin soʻrab oʻrgangan olim, Orlanib soʻramagan oʻziga zolim. Alisher Navoiy

Oʻzbek yozuvchilaridan Hamza, A.Qodiriy, Gʻ.Gʻulom, Oybek, H.Olim-jon, A.Qahhor, Shayxzoda kabi sanʼ-atkorlar oʻz asarlarida Hikmatli soʻzlarning zamonaviy namunalarini yaratib, oʻzbek adabiy tilining rivojiga samarali hissa qoʻshdilar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Hikmatli soʻzlar" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil