Dame Hilary Mary Mantel 1952-yilning 6-iyulida tugʻilgan. Uning asarilari tarixiy, shaxsiy xotiralar va qisqa hikoyalarni oʻz ichiga olgan britaniyalik yozuvchi edi. Uning birinchi nashr etilgan romani „Every Day Is Mother’s Day[1]“ 1985-yilda nashr etiladi.Mental 12 ta roman, bir nechta hikoyalar toʻplami,koʻplab maqolalar va fikr-mulohazalarni yozgan.

Hayoti tahrir

 
Hilary Mantel – A Place of Greater Safety(1992)

Hilary Mantel Derbishir shtatidagi Glossop[2] shahrida tugʻilgan.U oilada eng katta farzand boʻlgan.Mental va uning ikki ukasi Rim-katolik sifatida oʻsgan va o'sha yerda Rim Katolik boshlangʻich maktabida oʻqigan. Uning ota-onasi Margaret va Henry Tompson.Ikkalasi ham irlandiyalik katoliklar bo'lgan.1970-yilda Mental London Iqtisodiyot maktabida huquq sohasida oʻqishni boshlaydi.Keyinchalik esa Sheffield universitetiga oʻtadi va 1973-yilda huquqshunoslik bakalavrini tamomlaydi.Universitetni tugatgandan soʻng,Mantel keksalar kasalxonasining ijtimoiy ish boʻlimida, soʻngra Manchesterdagi Kendals doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlaydi.1973-yilda esa geolog Gerald McEwen bilan oila quradi.1974-yilda fransuz inqilobi haqida roman yozishni boshlaydi,lekin uni chop qilishga nashriyot topa olmaydi(oxir-oqibat bu asar 1992-yilda „A Place of Greater Safety“ sifatida chiqariladi).1977-yilda Mantel eri bilan Botsvanaga koʻchib oʻtadi va u yerda keyingi besh yilini yashashadi. Keyinchalik ular Saudiya Arabistonining Jidda shahrida toʻrt yil boʻlishadi. HIlary Mantel 2022-yil 22-sentyabrda 70yoshida Exeterdagi kasalxonada uch kun oldin sodir boʻlgan insult asoratlaridan vafot etgan.

Asarlari tahrir

Romanlari tahrir

  • Every Day Is Mother’s Day
  • A Place of Greater Safety
  • Wolf Hall: Fourth Estate(2009)
  • Bring Up the Bodies: Fourth Estate(2012)
  • The Mirror & the Light: Fourth Estate(2020)

Kichik hikoyalar toʻplami tahrir

  • Learning to Talk
  • King Billy Is a Gentleman
  • Destroyed
  • Curved Is the Line of Beauty
  • Learning to Talk
  • Third Floor Rising
  • The Clean Slate
  • The Assassination of Margaret Thatcher
  • Sorry to Disturb
  • Comma
  • The Long QT
  • Winter Break
  • Harley Street
  • Offences Against the Person
  • How Shall I Know You?
  • The Heart Fails Without Warning
  • Terminus
  • The English School
  • The Assassina

Mukofotlari tahrir

Mantel ikki marta „Booker Prize“[3] mukofotini qoʻlga kiritgan: birinchisi 2009-yilda Thomas Cromwellning Genrix VIII saroyida hokimiyat tepasiga kelishi haqidagi xayoliy hikoya boʻlgan „Wolf Hall“ romani uchun, ikkinchisi esa 2012-yilda „Bring Up the Bodies“ filmining davomi uchun. Cromwell trilogiyasining uchinchi qismi „Koʻzgu va yorugʻlik(The Mirror and the Light)“ ham xuddi shu sovrin uchun uzoq roʻyxatga kiritilgan.

  • Booker Prize(2009)(2012)
  • Walter Scott Prize(2010)(2021)
  • Costa Novel Prize(2012)

Manbalar tahrir

  1. „"Every day is mother's day" asari“ (inglizcha). Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.
  2. „H.Mantelning hayoti“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.
  3. „Booker prize“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.