Himolay mushugi
Himolay mushugi — Fors mushugiga oʻxshash uzun yungli mushuk zoti hisoblanadi. Baʼzi joylarda Himolay mushugini siam mushugining uzun yungli turi yoki fors mushugining rang-barang turi sifatida tasniflashadi. Butunjahon mushuklar federatsiyasi ularni Colorpoint Shorthair va Javanese zotlari bilan birlashtirib, Colorpoint yagona zotiga aylantirgan.
Himolay mushugi | |
---|---|
Umumiy tahalluslar | Himmy |
Kelib chiqishi | Tailand |
Breed standards | |
CFA | standard |
TICA | standard |
AACE | standard |
ACFA/CAA | standard |
CCA-AFC | standard |
Uy mushugi (Mushuk) |
Tashqi koʻrinishi
tahrirTanasi
tahrirUmuman olganda, fors mushugi singari, Himolay mushugi ham dumaloq tana va qisqa oyoqlarga ega, bu ularning boshqa mushuklar kabi balandlikka sakray olishini qiyinlashtiradi[1].
Boshi
tahrirBoshqa fors mushuklarida boʻlgani kabi, Himolay mushuklarining ikki turi mavjud, ular anʼanaviy yoki qoʻgʻirchoq yuzli va koʻproq egilgan koʻrinadigan yuz xususiyatlariga ega.
Himolay mushuklari, xuddi peke yuzli fors mushuklari singari burunlari qisqa va juda katta, yumaloq koʻzlari bor, burun terisi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzlari orasida joylashgan bo'ladi[2].
Yungi
tahrirHimolay mushugi tanasidagi moʻynaning asosiy qismi oq yoki sargʻish boʻladi, lekin yungidagi dogʻlar turli xil ranglarda boʻladi: qora, koʻk, lilak, shokolad rang, qizil (olov rang) va sargʻish.
Shokolad va lilak rangli dogʻlarga ega Himolaylar juda kamyob boʻladi, chunki shokolad yoki lilak mushukchalar tugʻulishi uchun ikkala ota-ona ham Shokolad/lilak genini olib yurishi kerak, chunki bu xususiyat autosomal retsessivdir[3].
Salomatligi
tahrirFors ajdodlari tufayli baʼzi Himolaylar polikistik buyrak kasalligini (PKD) keltirib chiqaradigan genga ega boʻlishi mumkin, ammo, genetik test qaysi mushuklar PKD genini olib yurishini aniqlashtirish mumkin, shuning uchun mushuklar sterilizatsiya qilinishi kerak.
Koʻpgina uzun yungli mushuklar singari, Himolaylar yunglarini yaxshi va sogʻlom koʻrinishi uchun har kuni tarash kerak boʻladi. Bundan tashqari, uy egalari mushuklar yuzini har kuni artib turishlari ham zarur. Himolay mushuklarini choʻmiltirish, mushukning moʻynasi va terisida yogʻ miqdorini kamaytirishga yordam beradi, shuning uchun baʼzi seleksionerlar tomonidan tez-tez choʻmiltirib turish tavsiya qilinadi[4].
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Berg. „The Himalayan Persian“. CFA.org. Cat Fanciers' Association (CFA) (1999). 2013-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2004-yil 4-mart.
- ↑ Clutton-Brock, Juliet (1981). A natural history of domesticated mammals (1st University of Texas Press ed.). Austin: University of Texas Press. p
- ↑ Berg, Linda (1999). „The Himalayan Persian“. CFA.org. Alliance, Ohio, US: Cat Fanciers' Association (CFA). Archived from the original on 16 May 2013. Retrieved 4 March 2004.
- ↑ „The Dalai Lama's Cat Series by David Michie“. www.goodreads.com.
Havolalar
tahrir- Himolay mushuk zoti
- Himolay-Fors CFA zoti maqolasi
- Himolay mushugi Curlie katalogida