Hindiston — Pokiston urushi
1971-yilda Hindiston — Pokiston davlatlari o‘rtasida yana urush boshlandi. Bunga Pokistonda boshlangan bo‘linish jarayoni bahona bo‘ldi. Pokiston G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linar edi. Ularni Hindiston hududi ajratib turardi. Sharqiy Pokistonda aholi ko‘p bo‘lsa-da, uni G‘arbiy Pokiston vakili boshqarar edi. Bu hodisa keskin norozilik keltirib chiqardi. Sharqiy Pokiston keng muxtoriyat talab eta boshladi. Biroq hukumat bunga rozi bo‘lmadi. Natijada Sharqiy Pokistonda separatchilar harakati kuchaydi. Hindiston separatchilarga yordam uchun o‘z armiyasini yubordi. Buning oqibatida Sharqiy Pokiston ajralib chiqdi va u yerda mustaqil Bangladesh davlati tashkil etildi. Bu urushda SSSR Hindistonni qo‘llab-quvvatladi.