Hindiston — Qirgʻiziston munosabatlari

Hindiston — Qirgʻiziston munosabatlari — Hindiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo.

Hindiston — Qirgʻiziston munosabatlari

Hindiston

Qirgʻiziston

Tarixiy jihatdan Hindiston Markaziy Osiyo, qadimgi Ipak yoʻlining bir qismi boʻlgan mamlakatlar, shu jumladan Qirgʻiziston bilan yaqin aloqada boʻlgan[1]. Sovet Ittifoqi davrida Hindiston va Qirgʻiz Sovet Sotsialistik Respublikasi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni cheklab qoʻyganlar.

Hindiston sobiq Bosh vaziri Rajiv Gandi 1985-yilda Bishkek va Issiqkoʻlga tashrif buyurgan[2]. 1991-yil 31-avgustda Qirgʻiziston Respublikasi mustaqillikka erishganidan Hindiston birinchilardan boʻlib 1992-yilda diplomatik aloqalarni oʻrnatdi. Hindistonning doimiy vakolatxonasi 1994-yilda tashkil etilgan[3].

Mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar

tahrir

Siyosiy munosabatlar

tahrir

Hindistonning Qirgʻiziston Respublikasi bilan siyosiy aloqalar anʼanaviy ravishda iliq va doʻstona. Qirgʻiziston rahbariyati asosan Hindistonning Kashmirga nisbatan pozitsiyasini qoʻllab-quvvatladi va davom etayotgan tinchlik jarayonini mamnuniyat bilan qabul qildi. Bosh vazir Narendra Modi 2015-yil 11-12-iyul kunlari Qirgʻizistonga tashrif buyurdi[4]. Modining Qirgʻizistonga ikkinchi tashrifi 2019-yil 13-14-iyun kunlari boʻlib oʻtdi va tashrif doirasida Strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya imzolandi[5].

Tashqi savdo

tahrir

2020-yil yanvar-noyabr oylarida Hindiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 35,5 million dollarni tashkil etdi[6]. Hindiston Qirgʻizistonga kofe, choy, kimyoviy mahsulotlar, farmatsevtika mahsulotlari, Qirgʻiziston Hindistonga qurol, oʻq-dorilar, yoqilgʻi, tamaki yetkazib beradi[7].

Qirgʻizistondagi hindular

tahrir

Mamlakatning turli tibbiyot muassasalarida 12 mingga yaqin hindistonlik talabalar tahsil oladi[8][9]. Qirgʻizistonga Hindistonlik talabalarning koʻplab kelishi asosan oʻqitish xarajatlariga bogʻliq boʻlib, Hindistonda 2020-yilga kelib bu koʻrsatkichlar yiliga 10-15 ming dollarni, Qirgʻizistonda esa atigi 3-4 ming dollarni tashkil etadi[10].

Manbalar

tahrir
  1. „Кыргызстан на Великом Шелковом Пути“ (ru). Trip to Kyrgyzstan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  2. „Т. Усубалиев — «Раджив Ганди в Кыргызстане».“ (ru-RU). Общественный Фонд Т. Усубалиева (2020-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  3. Министерство иностранных дел Киргизской Республики. „Список стран, с которыми КР установил дипломатические отношения“ (ru). mfa.gov.kg. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  4. „Киргизия и Индия подписали соглашения о сотрудничестве в военной сфере и области культуры“. tass.ru. ТАСС (12 июля 2015). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  5. Посольство Кыргызской Республики в Республике Индия. „ЧПП Кыргызской Республики в Индии А.Исаев принял участие в конференции на тему «Индия - Центральная Азия за сотрудничество к росту и процветанию: контакты для бизнеса»“ (ru). mfa.gov.kg (7 августа 2019). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  6. Tazabek.KG. „Импорт-2020. Какие товары Индия поставляет в Кыргызстан? (товарная структура) — Tazabek“ (ru). Tazabek.KG (2020-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  7. Tazabek.KG. „Кыргызско-индийский товарооборот: Оружие, боеприпасы, топливо, табак или что еще мы экспортируем в Индию? — Tazabek“ (ru). Tazabek.KG (2019-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  8. Дэвид Триллинг. „Кыргызстан: Индийские студенты-медики – жертвы «фабрики дипломов»? | Eurasianet“ (кг). russian.eurasianet.org. EurasiaNet[en] (7 декабря 2011). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  9. Кристина Босивская. „Тысячи индийских студентов решили остаться в Кыргызстане на каникулы“ (ru). mir24.tv. МТРК "Мир" (20 июня 2020). 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  10. Асель Минбаева. „Почему студенты из Индии хотят учиться в Кыргызстане — интервью“ (ru). ru.sputnik.kg. Sputnik Кыргызстан (8 ноября 2020). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.