Hindiston (asar)
"Hindiston", "Tahqiq molil hind min maʼkula maq-bula fil-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi") — Beruniyning tarixiy asari. 1030-yilda Hindiston xalqlari tarix turli sohalari (aniq fanlar, adabiyot, falsafa, elshunoslik, geografiya, etnografiya, qonun va urf-odatlar, din, dipiy rivoyatlar, hind yozuvining turlari va boshqalar)ga bagʻishlab arab tilida yozilgan. Asar 80 bobdan iborat. Beruniy oʻz asarida bizgacha yetib kelmagan sanskritda yozilgan koʻpgina man-balardan foydalangan. Bu asar Gʻarb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. "H."ning arabcha matni 1887-yilda, uning inglizcha tarjimasi 1888-yilda nemis olimi E.Zaxau tomonidan Londonda nashr etilgan. 1958-yil "H."ning arabcha matni Haydarobodda, 1963-yilda rus tilida, 1965-yil oʻzbek tilidagi tarjimasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida nashr etilgan. Asar hind madaniyati tarixini yori-tishda muhim manba hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |