Hindiston Ijro departamenti (ED)

Hindiston Ijro Departamenti (ED)- Hindiston hukumatida huquqni muhofaza qiluvchi va iqtisodiy razvedka agentligidir. 1956-yil 1-mayda tashkil etilgan boʻlib, u iqtisodiy qonunlarni qoʻllash va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish uchun masʼuldir[1]. Hindiston Ijro Departamenti (ED) shtab-kvartirasi Nyu-Dehlida joylashgan Moliya vazirligining qoshida ishlaydi[2]. Hindiston Ijro Departamenti (ED)ning asosiy vakolati ikkita asosiy qonunni qoʻllashdan iborat. BIrinchi vakolati bu pul yuvishning oldini olish toʻgʻrisidagi qonun, 2002 (PMLA) va Valyuta boshqaruvi toʻgʻrisidagi qonun, 1999 (FEMA). Bundan tashqari, unga 2018 yildagi Qochqin iqtisodiy jinoyatchilar toʻgʻrisidagi qonunni (FEOA) amalga oshirish vazifasi yuklangan[3]. Agentlik jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish holatlarini tekshiradi, jinoiy faoliyatdan olingan mol-mulkni xatlash va musodara qilish boʻyicha ish olib boradi.

Manbalar

tahrir
  1. „History of ED Directorate of Enforcement“. enforcement. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
  2. „Departament of Revenue“ (ingliz). dor.gov.in. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
  3. „What we do“. enforcement. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.