Hindistondagi maochilar qoʻzgʻoloni (inglizcha: Naxalite–Maoist insurgency) —— Hindiston hukumati bilan maochilarning turli soʻlradikal guruhlari oʻrtasidagi uzoq muddatli qurolli toʻqnashuv. Maochilar naxalitlar nomi bilan ham tanilgan. Bu eng yangi tarixdagi uzoq davom etgan qurolli mojarolardan biridir.

Mojaro 2004-yilda qator isyonchi guruhlarning birlashishi va yagona Hindiston Kommunistik partiyasi (Maochilar) tuzilganidan keyin kuchaydi. Xalq ozodlik partizan armiyasi hind maochilarining qurolli qanoti hisoblanadi. Maochi isyonchilar janubiy Andxra-Pradesh shtatidan markaziy Chxattisgarx orqali Gʻarbiy Bengaliyagacha choʻzilgan Qizil yoʻlak deb ataluvchi mintaqada harakat qiladi, Bihar, Uttar-Pradesh va Andxra-Pradesh shtatlari ularning nazoratida.

Havolalar

tahrir