Hindol mirzo
Hindol mirzo (1518 - Kobul -1551) — boburiylarp&n. Boburnnng 4-oʻgʻli. Onasi Dildor begim. Boburshoh Hindistonni fath qilishga kirishgan (Bahrani olgan) davrida shu farzandi tugʻilgan, shuning uchun "Hindni ol!" ramziy maʼnosida Hindol deb ism qoʻygan. Bobur hayotligida u Badaxshon hukmdori edi (1526—30). Humoyun taxtga oʻtirgach, ukasi H. M.ga Mevat va Olur viloyatlarining hukmronligini bergan (1530—38). 1538-yil boburiylar oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Shershoh Bihar, Junpur va kanaujgacha boʻlgan yerlarni bosib olgan. Shu asnoda H.M. Humoyunshohga qarshi bosh koʻtargan va Agra shahrini bosib olgan hamda oʻzini podshoh deb eʼlon qilgan. Biroq Komron Mirzo oʻz qoʻshini bilan kelib, Agrani H.M.. dan tortib olgan. Ammo tez fursatda Shershoh Agra va boshqa shaharlarni birin-ketin bosib olgach, Komron Mirzo bilan H. M.Kobulga qochishgan. 1544-yilda Humoyun Erondan qay-tib kelgach, boshqa ukalari qatori H.M.ning ham gunohini kechirgan. H.M. umrining oxirigacha Humoyun-shohga sodiq qolgan.
H.M. sheʼriyatga qiziqqan, turkiy va forsiy tillarda gʻazallar yozgan.
1551-yildagi "xandaq jangi"da H.M. Komron Mirzo odamlari tomonidan yaralanadi va oʻsha kuni olamdan oʻtadi. H.M.ning jasadi Kobulda otasi boburning maqbarasi yoniga dafn etilgan. 1607-yilda Jahongirshohfarmoniga binoan H.M.ning qabriga lavha oʻrna-tilgan.
Ad.Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |