Hiqichoq tutishi — odam nafas olganda, diafragma reflektor qisqa-rib nafas yoʻlidan oʻziga xos tovush chiqishi, bu diafragmaning tortishib qisqarishi natijasida roʻy beradi. Hiqichoq tutishi mutlaqo sogʻlom kishilarda hech qanday sababsiz paydo boʻlib, odatda, beza-rar va tez oʻtib ketadi. Chuqur nafas olganda, bir oz vaqt nafas olmay turganda, bir-ikki qultum sovuq suv ichganda Hiqichoq tutishi birmuncha yengillashadi yoki toʻxtaydi. Hiqichoq tutishi ayrim kasalliklar belgisi boʻlishi ham mumkin.

Zamonaviy tibbiyot bu kasallikning kelib chiqishini qorin boʻshligʻidagi baʼzi bir kasalliklar, xususan yalligʻlanish, shuningdek, bosh va orqa miyaning shikastlanishi, asabning buzilishi bilan bogʻlaydi. Sharq xalq tabobati Hiqichoq tutishining asosida shamollash yotadi deb taʼkidlaydi. tabiatan bu dard hoʻlsovuq mizojli odamlarda paydo boʻladi. Hiqichoq tutishining nafas yoʻllari, qiziloʻngach, meʼda devorlarining shamollashi bilan bogʻ-liqligi bor, uning kelib chiqishiga shamollashdan tashqari, pala-partish ovqatlanish, uzoq vaqt hammomga tushmaslik va hokazo ham sabab boʻladi. Hiqichoq tutishi, ayniqsa, uning xuruji yurakka, meʼdaga noxush taʼsir qiladi, bu boshqa ichki aʼzolarning oʻzaro muntazam ish faoliyatini izdan chiqaradi. Hiqichoq tutishi toʻxtamasdan uzoq davom etsa, uning saba-bini aniqlash uchun vrachga murojaat etish va zarur boʻlganda tegishli davolanish kursini olish ksrak. Davo Hiqichoq tutishiga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat; oftobda toblanish, hammomga tushib terlash, har kuni yotishdan oldin oyoq tagiga asal surtish (oyoqqa asal surkalgach sellofan yopishtirib, ustidan oddiy paypoq kiyib yotish), isiriq jom qilish kabi xalq tabobati usullarini qoʻllash hiqichoqni davolashda foydalidir