Hiromi Ikeda (1975-yil 22-dekabrda tugʻilgan) (sobiq ism-sharifi; Xiromi Isozaki, i﨑﨑) — yaponiyalik sobiq futbolchi. Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.

Hiromi Ikeda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi 池田浩美
Tavallud sanasi 22-dekabr 1975-yil (1975-12-22) (48 yosh)
Tavallud joyi Honjo,Saitama, Yaponiya
Boʻyi 163sm
Ampluasi Himoyachi

Klubdagi karyera tahrir

Ikeda 1975-yil 22-dekabrda Xonjo shahrida tugʻilgan. 1995-yilda u Tasaki Perule futbol klubiga qoʻshildi. 1995-yilda u Eng yaxshi yosh oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻldi. Shuningdek, u 10 yil davomida (1999—2008) eng yaxshi oʻn birlikdan biri sifatida tanlandi. Biroq 2008-yilda klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan. 2008-yilgi mavsum oxirida u nafaqaga chiqdi. U L.Ligada 236 ta oʻyinda maydonga tushgan. Yaponiyaning juda koʻplab OAV muhbirlari Ikedaning butsalarini mixga ilishini keng matbuotda yoritishdi va bu Yaponiya ayollar futboli uchun katta yoʻqotish ekanligini taʼkidalab oʻtishgan.

Terma jamoadagi karyera tahrir

1997-yil 8-iyunda Ikeda Yaponiya terma jamoasi safida Xitoyga qarshi debyut qildi[1]. U 1999, 2003, 2007-yillardagi jahon chempionatlarida terma jamoa aʼzosi boʻlgan, shuningdek, 2004 va 2008-yillardagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u sardor sifatida oʻynadi, chunki jamoa sardori Yumi Obe zaxirada qoldirilgan edi. Ikeda Olimpiya oʻyinlarida haqiqiy yetakchi ekanligi isboytladi. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin u 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarigacha sardor boʻldi. 2008-yilgacha u Yaponiya terma jamoasi safida 119 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Ikeda 2007-yilda turmushga chiqgach oʻz ismini Hiromi Isodzaki (磯﨑 浩美)dan Hiromi Ikeda (池田 浩美)ga oʻzartirgan.

Milliy terma jamoadagi statistikasi tahrir

Yaponiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
1997 6 0
1998 9 0
1999 8 0
2000 5 0
2001 10 3
2002 6 0
2003 11 1
2004 10 0
2005 9 0
2006 17 0
2007 16 0
2008 12 0
Umumiy 119 4

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

Raqam. Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
4. 13-Iyun 2003-yil Rajamangala Stadium, Bangkok, Tailand   5–0 7–0 2003 AFC Ayollar oʻrtasidagi chempionat


Yutuqlar tahrir

Klubda tahrir

Tasaki Perula tahrir

  • 2003-yil Futbol boʻyicha yaponiya chempionatida gʻoliblikni jamoasi bilan qoʻlga kiritgan
  • Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 1999-yil
  • Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 2002-yil
  • Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 2003-yil
  • Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori 2006-yil

Terma jamoa tarkibida tahrir

  • 2008-yilda oʻtkazilgan ayollar futboli boʻyicha sharqiy Osiyo chempionati gʻolibi[2][3]

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • 1995-yilda L Liganing Eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi gʻolibasi

Manbalar tahrir